O’ng tomonlama bosh miyada qon aylanishning o’tkir buzulishi. Ishemik insult



Yüklə 146,94 Kb.
səhifə3/16
tarix07.01.2024
ölçüsü146,94 Kb.
#208423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
OSKE nevralogiya

Kernig simptomi. Bemor tekis joyda tepaga qarab yotadi. Bu simptom ikkala oyoqda ham galma-gal tekshiriladi. Vrach bemorning oyog‘ini tos va tizza bo‘g‘imlarida o‘tkir burchak (90°) hosil qilib bukadi (1 bosqich). Keyin vrach bemorning bukilgan oyog‘ini tizza bo‘g‘imida yoza boshlaydi (2-bosqich). Sog‘lom kishilarda oyoq to‘la yoziladi. Agar oyoq tizza bo‘g‘imida yozilmasa, demak, Kernig simptomi musbat
hisoblanadi. Kernig simptomi kasallik darajasiga qarab turlicha ifodalangan bo‘ladi: yengil, o‘rta va og‘ir darajada. Agar bukilgan
oyoq tizza bo‘g‘imida ozgina qarshilik bilan bo‘lsa-da, yozilsa – bu yengil, biroz yozilsa – o‘rta, umuman yozilmay o‘tkir burchak holida qolsa – kuchli darajadagi Kernig simptomi deyiladi. Bu simptomni V. Kernig (1840 – 1917) talabalik davridayoq meningit bilan kasallangan bemorlarda kuzatib yurgan va institutni tugatganidan so‘ng bu haqda maqola yozgan (1882-yil). Keyinchalik bu simptom uning nomi bilan atala boshlangan.
Yuqori Brudzinskiy simptomi. Boshni oldinga egayotganda ikkala
oyoq tos va tizza bo‘g‘imlarida bukiladi. Demak, bu simptom xuddi
ensa mushaklari rigidligini tekshirganga o‘xshab tekshiriladi. Bu simptom
polshalik pediatr J. Brudzinskiy tomonidan aniqlangan.
O‘rta Brudzinskiy simptomi. Qorinning kindikdan pastki qismi
musht bilan chuqurroq bosilsa, ikkala oyoq tos va tizza bo‘g‘imlarida
bukiladi.
Pastki Brudzinskiy simptomi. Xuddi Kernig simptomiga o‘xshab
tekshiriladi. Bemorning bitta oyog‘i tos va tizza bo‘g‘imlarida o‘tkir
burchak hosil qilib bukiladi. Bunga javoban ikkinchi oyoq ham tos va
tizza bo‘g‘imlarida biroz bukiladi. Erta yoshdagi, ya’ni 1 yoshga to‘lmagan bolalarda meningeal simptomlarni tekshirish usullarini keltirib o‘tamiz. Hali 1 yoshga to‘lmagan bolalarda Lessajning «osilib turuvchi» simptomi meningitni aniqlashda juda katta ahamiyatga ega. Bu simptomni tekshirish uchun vrach ikkala qo‘li bilan bolaning qo‘ltig‘idan ushlab ko‘taradi, bosh va ko‘rsatkich barmoqlari bilan uning ensasi va iyagidan ushlab turadi. Bu paytda bolaning ikkala oyog‘i son va tizza bo‘g‘imlarida bukilib qorniga tortiladi va shu holatda uzoq vaqt qimir
lamay osilib turadi. Sog‘lom bolada bu simptomni tekshirmoqchi
bo‘lsangiz, u erkalab yoki yig‘lab oyoq-qo‘llarini qimirlata boshlaydi.
Lessaj simptomini ko‘z oldingizga keltirmoqchi bo‘lsangiz, mashhur
«Qirol Sher» multfilmini eslang yoki yana bir marta ko‘ring. Unda
maymun endi tug‘ilgan sher bolasini «olomon»ga ko‘rsatish uchun ikkala
qo‘ltig‘idan ushlab ko‘taradi. Multfilmdagi bu epizod Lessajning
osilib turuvchi simptomini juda eslatadi. Shuningdek, kalla suyagidagi
liqildog‘i bitmagan bolalarda kallaning tepa qismi bo‘rtib turadi. Buning
sababi gipertenzion-gidrosefal sindromdir.
Yoshi 3 oyga to‘lmagan bolalarda Kernig simptomi fiziologik
simptom ekanligini esda tutish lozim. Demak, harorati ko‘tarilgan bolada
uning mavjudligi hali meningit rivojlandi, degani emas va qo‘shimcha
tekshiruvlar o‘tkazishni talab qiladi. Agar Kernig simptomi yoshi 3
oydan oshgan bolalarda aniqlansa, u patologik simptom hisoblanadi. Agar ensa mushaklari rigidligi juda kuchli bo‘lsa, bunda
bemorning boshi orqaga qayrilib qoladi. Bu simptom, odatda,
kasallikning 3–4-kunlari kuzatila boshlaydi. Agar tana harorati
ko‘tarilgan bola ko‘zini yumib boshini orqaga qayirib yotsa va tanasiga
toshmalar toshgan bo‘lsa, unda meningit aniqlanish ehtimoli juda
yuqori. Mana shunday holatda yotgan bemorga ko‘zi tushgan har qanday
shifokorning xayolidan «Unda meningit emasmikan?» degan fikr o‘tadi.
Bunday bolalar, odatda, oyoq-qo‘llarini bukib yonboshlab yotib
oladi. Bo‘ynini to‘g‘rilab qo‘ymoqchi bo‘lsangiz, uning yuz-ko‘zida
og‘riqli bujmayishni ko‘rasiz, yana urinib ko‘rsangiz, u qusib yuborishi



Yüklə 146,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin