Vazifalar: O’quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg‘otiladi, ular mavzu asosida kerakli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Mavzuga oid tarqatilgan topshiriqlarni yakka va guruh holatida o‘rganib, o‘zlashtirishga erishadilar. Suhbat-muhokama orqali o‘quvchilarning yangi mavzuni qay darajada o‘zlashtirganligi nazorat qilinadi, ularning bilimi baholanadi.
Aralash sonlar mavzusi bilan tanishtirish orqali o‘quvchilarda Noto`gri kasrni aralash son ko`rinishida ifodalay olish va aralash sonni noto`gri kasr ko`rinishida ifodalash,mavzuga oid misol,masalalarni ishlay olish, matematikadan olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash kabi kompetensiyalarni shakllantirish. O‘quvchilarni kasr sonlarni fan-texnikadagi ahamiyati haqidagi bilimlari, vazifalari, ularni bir-biridan ajratish va darslik ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Uslub: Og‘zaki bayon qilish, “ROLLIK OYINLAR”, “Hamkorlikda kichik guruhlarda ishlash”.
Shakl: Suhbat-muhokama, jamoa va kichik guruhlarda ishlash.
Vosita: Kasr sonlar tasvirlangan slayd va plakatlar, doiralar, uning bo`laklari.
Usul: Tayyor slayd, plakatlar va tarqatmalar asosida.