O`quv qo`llanma
18
Sahifa
Diafragmal
churralarining
quyidagi
tasnifi
keltirilgan
(B.V. Petrovskiy bo’yicha):
Travmatik churralar:
soxta va chin.
Travmatik bo’lmagan churralar:
1. Soxta tug’ma churralar.
2. Diafragma kuchsiz sohalarining chin churralari.
3. Atipik lokalizatsiyali chin churralar.
4. Diafragma tabiiy teshiklarining churralari:
a) qizilo’ngach teshigi churrasi;
b) diafragma tabiiy teshiklarining
kam uchraydigan
churralari.
7 – rasm. Diafragmal churralarining turlari.
a - qizilo’ngach; b - kardial; c - fundal; d - subtotal; e - total;
f - orttirilgan kalta qizilo’ngach; j - tug’ma kalta qizilo’ngach
Diafragmal churralarning umumiy simptomatikasi.
Diafragmal
churralarning klinik ko’rinishlari uchta asosiy omilga bog’liq bo’ladi:
1. diafragmadagi nuqson orqali ko’krak qafasiga tushgan churra
darvozalaridagi qorin bo’shlig’i a’zolarining
ezilishi va buralib qolishi;