Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
21 Sahifa 
sinchkovlik bilan tekshiriladi. A’zoning yashashga moyilligi saqlangan 
bo’lsa, uni qorin bo’shlig’iga kiritilib, churra darvozasi defekti bartaraf 
etiladi. Agarda hayotga noloyiq holat topilsa, ya’ni a’zo ortga qaytmas 
o’zgarishlarga uchragan bo’lsa, uni olib tashlash lozim bo’ladi.
Diafragmaning qizilo’ngach teshigi churralari.
Diafragmaning 
tabiiy teshiklaridan ko’p hollarda churra chiqadigan joy qizilo’ngach 
teshigi hisoblanadi. Churraning ayni shu turi ko’krak, qorin bo’shliqlari 
to’sig’ining ko’proq tarqalgan patologiyasi hisoblanadi.
Qizilo’ngach teshigi churralarining tasnifi (B.V. Petrovskiy 
bo’yicha):
I. Qizilo’ngach teshigining sirpanuvchan tipdagi churralari: 
1) qizilo’ngach teshigining qizilo’ngach churrasi; 
2) qizilo’ngach teshigining kardial churrasi; 
3) qizilo’ngach teshigining kardio-fundal churrasi. 
II. Qizilo’ngach teshigining paraezofagial tipdagi churrasi: 
1) qizilo’ngach teshigining fundal churrasi; 
2) qizilo’ngach teshigining antral churrasi; 
3) qizilo’ngach teshigining ichak churrasi; 
4) qizilo’ngach teshigining qo’shma me’da-ichak churrasi; 
5) qizilo’ngach teshigining charvi churrasi. 
III. Qizilo’ngach teshigining gigant (katta) churralari: 
1) qizilo’ngach teshigining subtotal me’da churrasi; 
2) qizilo’ngach teshigining total me’da churrasi. 
IV. Kalta qizilo’ngach: 
1) orttirilgan kalta qizilo’ngach; 
2) tug’ma kalta qizilo’ngach. 
Klinik manzarasi va diagnostikasi.
Diafragma qizilo’ngach 
teshigining sirpanuvchan churralarida simptomlar reflyuks-ezofagit bilan 
bog’liq bo’ladi. Bemorlar to’sh orqasida, xanjarsimon o’siq sathida, to’sh 
ostida, qovurg’alar ostidagi achishtiradigan yoki lo’qillagan og’riqdan 
shikoyat qiladilar, bu og’riq yurak, kuraklar yoki chap elkaga beriladi. 
Aksariyat bemorlarni terapevtlar stenokardiya kasalligi bo’yicha kuzatib 
boradilar. Og’riq bemor gorizontal vaziyatda bo’lganda va jismoniy 
xarakat qilganda, gavdasini oldinga engashtirganda, ya’ni me’da-



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin