9 – rasm. Laparoskopik orqa krurorafiya, Nissen usulida
fundoplikasiya operasiyasi
Diafragma
relaksatsiyasi.
Diafragma
relaksatsiyasi
–
diafragmaning yupqalashishi oqibatida unga yaqin joylashgan qorin
bo’shlig’i a’zolarining ko’krak bo’shlig’iga qarab surilishi nazarda tutiladi.
Bu holatda diafragma yopishadigan chetlari odatdagi joyda qoladi.
Relaksatsiyaning tug’ma (diafragma mushaklarining to’liq o’sib
etilmaganligi yoki aplaziyasi zamirida) va orttirilgan (aksariyat diafragmal
nerv shikastlanishi natijasida) turlari tafovutlanadi. Diafragmaning butun
gumbazi zararlanib ko’krak qafasiga surilgan bo’lsa, relaksatsiya to’liq va
uning biror bo’limi (chegaralangan bo’limi) yupqalashganda qisman
Gospital xirurgiyasi
25 Sahifa
bo’lishi mumkin. Diafragma relaksatsiyasida zararlangan tomondagi
o’pkaning ezilishi va ko’ks oralig’ining qarama-qarshi tomonga surilishi
ro’y beradi, me’da yoki ichakning ko’ndalang va uzunasiga buralishi yuz
berishi ehtimoli ham bo’ladi.
Klinik manzarasi.
Chegaralangan o’ng tomonlama relaksatsiyada
belgilar diafragmal churradagi singari bo’ladi. Churraning darvozalari
yo’qligi hisobiga, bu holatda qisilib qolish xavfi bo’lmaydi.
Diagnoz – qorin bo’shlig’i a’zolarining ko’krak qafasining tegishli
yarmiga surilishi, o’pkaning ezilishi, ko’ks oralig’i a’zolarining surilish
belgilari
asosida
qo’yiladi. Rentgenologik tekshirish diagnozni
tasdiqlaydigan asosiy usul hisoblanadi. Ko’krak qafasiga surilgan a’zolar
ustidan diagnostik pnevmoperitoneum qo’yilganda diafragma soyasi
aniqlanadi.
10 – rasm. Diafragma relaksasiyasining rentgenologik ko’rinishi.
Davolash. Aniq ifodalangan klinik simptomlar bo’lganda jarrohlik
usulida davolash zarur bo’ladi. Operatsiya surilgan qorin bo’shlig’i
a’zolarini normal holatga keltirish va yupqalashgan diafragmaning
dublikaturasini hosil qilish yoki uni polivinilalkogol, teri-mushak laxtaklari
yordamida plastika qilishdan (mustahkamlash) iborat.
|