Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
29 Sahifa 
Qizilo’ngachning mushak devori ichki doira mushaklar va tashqi 
bo’ylama tolalardan iborat. Ular o’rtasida g’ovak biriktiruvchi to’qima 
qatlami bo’ladi, unda yirik tomirlar va nervlar joylashgan. Bo’ylama 
mushak qavati odatda tsirkulyar qavatdan ikki baravar yupqa
qizilo’ngachning yuqori uchdan bir qismida mushaklar ko’ndalang-targ’il, 
mushak pardasining uchdan bir pastki qismi silliq mushaklardan tashkil 
topgan. Sfinkter ahamiyati bo’lgan mushak qavatining qalin qismi 
qizilo’ngachga kirish qismida va diafragmal torayma sathida bo’ladi.
F.F. Saks (1964) fikricha, katta odamda qizilo’ngach mushak qavati 
tsirkulyar qatlamining qalinligi kardiya sohasida 2,2 mm, bu uning 
birmuncha proksimal qismlaridagi qalinligidan 1,5-2 marta ortiqdir. 
Qizilo’ngach tashqi tomondan g’ovak biriktiruvchi to’qima bilan o’ralgan, 
undan limfatik va qon tomirlar, biriktiruvchi to’qimadan iborat tortmalar 
o’tadi. Chunonchi, qizilo’ngachning oldingi chap devorini chap bronx 
asosi bilan bog’lab turadigan chap qizilo’ngach – bronxial boylami, 
qizilo’ngachning orqachap devorini aorta ravog’ining botiq yuzasiga taqab 
turadigan qizilo’ngachaortal boylami va qizilo’ngachning distal bo’limini 
diafragmaga taqab turadigan Morozov-Savvin boylami kabilar farq 
qilinadi. Qizilo’ngachning abdominal kesigi seroz parda bilan qoplangan 
bo’ladi.
Qizilo’ngachning qon bilan ta’minlanishi. Qizilo’ngach arterial qon 
bilan o’mrov osti arteriyasi tarmoqlarining yuqori qismida, yuqori 
qovurg’alararo va qalqonsimon bez arteriyasidan, ko’krak qismida pastki 
diafragmal va chap me’da arteriyalari tarmoqlaridan ta’minlanadi. 
Qizilo’ngach arteriyalari o’zaro keng anastomoz hosil qiladi. Bu hol shu 
a’zoda operatsiya o’tkazishda juda qo’l keladi. Venoz oqim pastki 
qalqonsimon, perikardial, orqa ko’ks oralig’i va diafragmal venalar orqali 
amalga oshiriladi. Qon vv. azygos va hemiazygosga quyiladi. Qizilo’ngach 
venalari asosan uzunasiga joylashgan bo’lib, uning pastki uchdan bir 
qismida shilliq parda osti va mushak pardalarida me’daning kardial qismi 
shilliq pardasi ostidagi chigalning davomi hisoblangan murakkab venoz 
chigal bo’ladi. Qon venoz chigaldan qizilo’ngach venalari bo’ylab, vv. 
azygos va hemiazygos ga va yuqori kovak venaga yo’naladi, bu 
venalarning klapanlari bo’lmaydi. Qizilo’ngachning qorin qismi venalari 
me’da venalari va qopqa vena bilan bevosita bog’langan. Qizilo’ngach 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin