O`quv qo`llanma
40 Sahifa
Agar
qayt qilmasa, boshi aylanadi, qisman hushdan ketish holati yuzaga
keladi. Regurgitatsiya yoki qayt qilish har kuni bo’lsada, ovqat
divertikulda kamdan-kam bir necha kun turib qoladi. Divertikul
suyuqligining regurgitatsiyasi va uning nafas yo’llariga tushishi aspiratsion
zotiljam kasalliklariga sabab bo’ladi.
Boshqa simptomlardan qaytuvchi nerv bosilishi oqibatida paydo
bo’ladigan tovush bug’ilishi, traxeyaning bosilishi
sababli nafas olish
qiyinlashuvini ko’rsatib o’tish mumkin. Umumiy holat bir necha yilgacha
unchalik o’zgarmay qoladi. Qator hollarda bemor ozib ketadi. Ko’zdan
kechirilganda ko’pincha bo’yinda bo’rtib chiqqan joy ko’rinadi
(bosh orqaga tashlanganda). Ba’zan u buqoqni eslatadi. Bo’rtma yumshoq
konsistentsiyali bo’lib, bosilganda kichiklashadi. Bemorga suv ichirib
bo’rtib chiqqan joy urib ko’rilganda chayqalish
shovqinini eshitish
mumkin (Kuper belgisi).
Rentgenologik tekshirishda kontrast modda divertikulni to’ldiradi,
so’ngra esa qizilo’ngachga o’tadi. To’lgan divertikul qizilo’ngachning orqa
yoki yon tomonidan ko’rinib turadi.
Dostları ilə paylaş: