O`quv qo`llanma
34 Sahifa
13 – rasm. Qizilo’ngach ximik kuyishining endoskopik
ko’rinishi.
Kechishi va asorati.
O’yuvchi ishqorlardan og’ir zaharlanishlarda
bemorlar intoksikatsiya, shok, qizilo’ngach perforatsiyasi, yiringli asoratlar
rivojlanishi va boshqa sabablardan nobud bo’ladilar. Qizilo’ngach va
me’dadan og’ir qon ketish hollari asoratlar sifatida kuzatilishi mumkin.
Kamdan-kam hollarda,
odatda ishqorlardan kuyishda, qizilo’ngach –
bronxial oqma yaralar paydo bo’ladi. Qizilo’ngachning kimyoviy
moddalardan kuyishida aksariyat xirurgik davolashni talab qiladigan uning
chandiqli torayishi eng ko’p uchraydigan asorat hisoblanadi. Qizilo’ngach
torayishi bemorlarning anchagina holsizlanishiga olib keladi. Ayrim
hollarda mediastinit, o’pka va plevra yiringli
jarayonlari kabi asoratlar
paydo bo’ladi.
Diagnostikasi unchalik qiyinchiliklar tug’dirmaydi. Anamnez va
yo’qolmaydigan disfagiya rentgenologik tekshirish va ezofagoskopiya
bilan aniqlanadigan qizilo’ngach torayishining etarli belgilaridan
hisoblanadi. Davolash va profilaktikasi. Shoshilinch muolaja:
tezlik bilan
kasalxonaga yotqizish, morfin in’ektsiyasi va suyuqlik kiritish hamda
me’dani yuvish uchun ko’p qilib moy surtilgan me’da zondi kiritishdan
iborat. Ishqorlar bilan zaharlanishda suyultirilgan
sirka kislota eritmasi
yoki o’simlik moyi bilan, kislotalardan zaharlanishda soda eritmasi bilan
yuviladi. Shubhali hollarda me’da sut yoki bufer eritmalari bilan yuviladi.
Zond kiritishdan avval kimyoviy modda tabiatiga ko’ra soda, sirka kislota
yoki sutni ko’p miqdorda ichish buyuriladi. Neytrallaydigan modda kiritish
zaharlanishdan keyin dastlabki 4 soat ichidagina maqsadga muvofiq deb