14 – rasm. Qizilo’ngach chandiqli strikturasini stentlash.
Operatsiya usulini tanlashda bemorning yoshi va umumiy xolati,
qizilo’ngachning toraygan joyi va uning qancha sohani egallagani hisobga
olinadi. Ko’pchilik bemorlarda bir bosqichli plastik operatsiyalar
o’tkaziladi. Ko’p bosqichli plastikani esa, holsizlangan bemorlarda
Gospital xirurgiyasi
37 Sahifa
bajariladi. Segmentar strikturalarda qizilo’ngachda har turli qisman plastik
operatsiyalar qilinadi. Qizilo’ngachning quyi qismi yoki kardiyasi
zararlanganda quyidagilar: chetki qizilo’ngach-me’da anastomozi qo’yish,
zararlangan qismni rezektsiya qilish va uni me’daning katta egriligidan
hosil qilingan naycha, ingichka yoki yo’g’on ichakdan olingan transplantat
bilan almashtirish qo’llaniladi.
Halqum, qizilo’ngachning buyin yoki bo’yin-ko’krak bo’limi
zararlanganda proksimal qisman plastika bajariladi. Ingichka va yo’g’on
ichaklardan olingan transplantatlardan foydalaniladi. Transplantatning bir
uchini qizilo’ngachning toraygan joyidan yuqorida, boshqa qismini undan
pastda anastomoz qilinadi. Striktura ko’p joyni egallagan hollarda ingichka
yoki yo’g’on ichakdan olingan transplantatni to’sh oldida va to’sh ichida
(retrosternal, plevra ichi, mediastinum orqasida) joylashtiriladigan total
plastika qilish tayinlanadi.
Kuyish sodir bo’lganidan 2 yil o’tmasdan sun’iy qizilo’ngach
vujudga keltirishga kirishmaslik kerak. Shu muddat o’tgandan keyingina
qizilo’ngachning chandiqlanish darajasi aniqlanishi mumkin va shakllanib
bo’lgan chandiqli to’qimaning qizilo’ngach bo’shlig’ini konservativ usullar
bilan kengaytirishga imkon bermasligi ma’lum bo’ladi.
Qizilo’ngach divertikullari
Qizilo’ngach divertikullari – qizilo’ngach devorining chegaralangan
bo’rtib chiqqan joylaridir. So’nggi vaqtlarda qizilo’ngach divertikullari,
ilgari tasavvur qilinganidek, kam uchraydigan kasallik emasligi aniqlandi.
Bu klinik amaliyotga rentgenologik tadqiqotlarning keng joriy qilinishi,
aholining profilaktik maqsadlarda yalpi rentgenologik tekshiruvlardan
o’tkazilishi bilan bog’liq.
Rokitansky, 1840 yildayoq divertikullarni pulsion va traktsion
turlarga bo’lgan edi. Pulsion divertikullar qizilo’ngach bo’shlig’ida uning
qisqarishlari vaqtida paydo bo’ladigan bosim ta’siri ostida qizilo’ngach
devorining bo’rtib chiqishi natijasida hosil bo’ladi, traktsion
divertikullarning paydo bo’lishi esa atrof to’qimalardagi yallig’lanish
jarayoni va qizilo’ngach devorini kasal a’zo yo’nalishida tortadigan
(tractio) chandiqdar hosil bo’lishi bilan bog’liq (o’pka ildizlari sohasida
limfatik tugunlarga tomon yo’nalishda yoki bu tugunlar sildan
|