Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Kechishi va asoratlari.
Kasallik juda sekin kechadi. Bemor tobora 
ozib ketadi. Aspiratsion zotiljam, o’pka abstsessi ko’p uchraydigan 
asoratlardan hisoblanadi. Divertikulning eroziyalangan shilliq pardasidan 
qon oqishi, peridivertikulit va periezofagit, stenokardiya paydo bo’lishi 
ehtimol. Poliplar va rak rivojlangan hollar tasvirlangan. Ko’p hollarda 
bemor juda ozib ketadi, holsizlanish orta boradi, divertikul bo’shlig’ida 
ovqat qoldiqlari doimo yig’ilib turishi va ularning parchalanishi sababli 
yallig’lanish jarayoni – divertikulit rivojlanishi mumkin, bu o’z navbatida 
yiringli 
mediastinit 
va 
sepsis 
sababchisi 
bo’lishi 
mumkin. 
Qizilo’ngachning uchdan bir o’rta qismidagi divertikul, o’pka ildizi sathida 
bo’lib, qizilo’ngach bosh bronx bilan kesishadigan joydan bir oz 
yuqoriroqda joylashadi. Shuning uchun ular ba’zan epibronxial 
divertikullar deb ataladi. Qizilo’ngach o’rta qismidagi divertikullar 
traktsion turga taalluqli bo’ladi, ya’ni ularning kelib chiqishida ko’ks 
oralig’idagi turli yallig’lanish jarayonlarida vujudga keladigan va 
qizilo’ngach devori qismini u yoki bu yo’nalishda tortadigan (o’pka va 
plevra kasalliklarida, o’pka sili, plevrit, zotiljam) bitishmalarga katta 
ahamiyat beradilar. Ba’zan qizilo’ngachning bu bo’limida sof pulsion 


Gospital xirurgiyasi
41 Sahifa 
divertikullar kuzatiladi. Ularning paydo bo’lishida qizilo’ngach 
innervatsiyasi buzilishi yoki reflektor ta’sirlar natijasida unda 
motorikaning izdan chiqishi asosiy ahamiyatga ega bo’ladi. 
Patologik anatomiyasi. 
Qizilo’ngach o’rta uchdan bir qismining 
divertikuli, devorlarining konussimon yoki yumaloq bo’rtib chiqishi bilan 
ifodalanib, ular yuqoriga yo’nalgan, traxeya yoki boshqa a’zolar bilan 
biriktiruvchi to’qima bitishmalari orqali yopishgan. Bu divertikullarning 
diametri 1-2 sm va ahyon-ahyonda undan kattaroq, ular ko’p sonli bo’lishi 
mumkin. Divertikul devori qizilo’ngach devoriga o’xshash tuzilgan. Shilliq 
pardasi aksari giperemiyalangan, eroziyalari ham bo’lishi ham mumkin. 
Bunday divertikulning odatda bo’yni bo’lmaydi va qizilo’ngach bo’shlig’i 
bilan keng tutashib turadi, shunga ko’ra ularda ovqat tutilib va turib qolishi 
kamdan-kam bo’ladi. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin