Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
51 Sahifa 
jarayonida uning holati dinamikasiga baho berish uchun asosiy dalillar 
hisoblanadi. 
Nafas olish sistemasi kasalliklarini aniqlashda ajralayotgan 
balg’amni tekshirish, uning miqdori va fizik xususiyatlarini mikroskop 
yordamida tekshirish, bakterioskopiya va bakteriologik ekma natijalarini 
o’rganish alohida ahamiyat kasb etadi. 
Rentgenologik usullarni qo’llash, o’pka patologiyasi bo’lgan 
bemorlarda diagnoz qo’yishda ko’pincha hal qiluvchi ahamiyatga ega 
bo’ladi. Rentgenoskopiya ob’ektni turli holatda (pozitsiya), harakatda 
tekshirishga, plevral bo’shlig’ida suyuqlik va havoning miqdorini 
aniqlashga imkon beradi. Rentgenografiya – o’pkalar va ular ildizlaridagi 
ayrim o’zgarishlarni aniq ko’rish, dinamikada kuzatish va taqqoslashga 
yordam beradi. 
Tomografiya usuli – qatlam-qatlam tasvirlar olish orqali, yirik 
segmentar va subsegmentar bronxlar bo’shlig’ining batafsil tasvirini olish, 
limfatik tugunlar holati to’g’risida xulosa chiqarishga yordam beradi. 
O’pka to’qimasidagi kichik patologik jarayonlarni aniqlashga, bullalar, 
kistalar, “o’choq”li soyalarni topishga imkon beradi. Kompyuter 
tomografiya – bugungi kunda keng qo’llaniladigan noinvaziv usullardan 
biri bo’lib, o’pkadagi har xil tuzilmalarning katta-kichikligini, joylashgan 
qismi va chegarasini yanada aniqroq va ravshanroq aniqlab beradi, 
ularning zichligiga baho berish imkoniyatini yaratadi. 
Bronxografiya asosan: bronxoektatik kasallikka shubha qilinganda – 
bronxlarning zararlanganlik darajasini aniqlash uchun, o’pkadagi yiringli 
jarayonlarda – bronxlar zararlanganligini aniq hajmini aniqlash uchun 
(ayniqsa jarrohlik amaliyoti mo’ljallanganda) yoki surunkali nospetsifik 
zotiljam va markaziy o’pka raki o’rtasida differentsial diagnostika 
o’tkazish uchun zarur tekshiruv usullaridan biri hisoblanadi. Bu tekshirish 
usuli, odatda mahalliy anesteziya ostida olib boriladi va uni och qoringa 
(bemor ovqatlanmasdan turib) o’tkaziladi. Bemorda balg’am ko’p 
miqdorda ajralayotgan davrda, avval sanatsion bronxoskopiya, keyin esa 
bronxografiya qilinadi. Tekshiruvdan 30 minut oldin teri ostiga 1 ml 
atropin sulfat yuboriladi. Anesteziya uchun 0,5% li dikain eritmasi,
10% lidokain eritmasi yoki 5-10%li novokain eritmasi ishlatiladi. Eng 
avvalo, yuqori nafas yo’llari anesteziya qilinib, rentgenkontrast kateter 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin