Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

O’pka gangrenasi
– o’pka to’qimasining bir qismi yiringli-irigan 
nekrozga uchrayshi. Bu jarayon o’pka abstsessidan farqli o’laroq, o’pka 
gangrenasida sog’lom to’qimadan chegaralangan kapsula bilan ajralib 
turmaydi (chegarasiz bo’ladi). Gangrenoz abstsess ham farq qilinadi, u 
o’pka to’qimasining bir qismini yiringli-chirigan nekrozi bo’lib, uning 
sekvestratsiyaga va o’pka to’qimasining zararlanmagan qismlaridan 
chegaralanib turishga moyilligi bo’ladi. 
Klinik manzarasi.
Bemorning ahvoli og’ir, isitma gektik tabiatga ega 
bo’ladi, bemor terlaydi, nafasi siqadi, ko’p miqdorda badbuy hidli balg’am 
ajraladi, bemor qon tupuradi. Rentgenologik tasvirda katta, shakli yo’q 
diffuz qorong’ilik aniqlanadi, uning tarkibida o’pka to’qimasining irib 
ketayotganini ifodalaydigan ko’p sonli yorug’ soyalar ko’rinadi. Plevra 
bo’shlig’ida suyuqlik aniqlanadi. 
23 – rasm. O’pka gangrenasi. 
O’tkir yiringli kasalliklarni kompleks davolash lozim bo’ladi. 
Hozirgi vaqtda asosiy davolash usuli konservativ muolaja bo’lib, ayni 
vaqtda kichik invaziv jarrohlik amaliyotlari: transtorakal, endobronxial 


O`quv qo`llanma
62 Sahifa 
drenajlash, uzoq muddatli regionar infuziya uchun bronxial arteriyani 
kateterlash amalga oshiriladi. 
O’tkir davrda operativ aralashuv kasallik asoratlar bilan 
kechgandagina (o’pkadan qon ketganda) yoki muolaja naf bermaganda, 
jarayonning tarqalishga moyil bo’lganidagina qo’llaniladi. O’pkadagi 
o’tkir yiringli jarayonlarda konservativ muolajaning tamoyillari 
quyidagilardan iborat bo’ladi: 
1. 
Antibakterial muolaja
– bakteriyalar turini va ularning 
antibiotiklarga ta’sirchanlik darajalarini bakterioskopiya va ekish 
ma’lumotlarini hisobga olgan holda tayinlanadi, sulfanilamidlar ham 
ishlatiladi. Antibakterial muolajaning ta’sirchanligiga erishish uchun 
zararlanish o’chog’ida davo preparatlari kontsentratsiyasini oshirib, ularni 
arteriyalarga yuboriladi. Bronxial arteriyaga kateter o’rnatib, muolajani 
o’sha orqali amalga oshirish eng samarali tadbir hisoblanadi. O’pkaning 
o’tkir yiringli xastaliklarida 60%gacha hollarda kasallik qo’zg’atuvchisi 
aeroblar bilan birga kelgan anaerob noklostridial infektsiya hisoblanadi. 
Noklostridial 
anaerob 
infektsiyaning 
belgilari 
deganda 
yiringli 
suyuqlikning badbo’y hidi, yallig’lanish o’choqlaridagi to’qimalar nekrozi, 
odatdagi bakteriologik tekshiruvning natijalari manfiy bo’lganda ham, 
tushuniladi. Anaeroblarga qarshi metronidazol (trixopol), tinidazol, 
klaforan, rifambitsin, doksitsiklinlar yaxshi ta’sir qiladi. 
2. 
Traxeobronxial yo’llar
– mikroorganizmlarni yo’qotadigan, 
yallig’lanishni kamaytiradigan, balg’amni suyuqlashtiradigan va uni 
ko’chiradigan dorivor aralashmalar yuborib 
sanatsiya
qilinadi. Shuningdek 
bronxial shoxni kateterlash, mikrotraxeostomiya, sanatsion bronxoskopiya 
qilish yo’li bilan patologik suyuqlik tortib olinadi. Bunda sanatsiya uchun 
qo’llaniladigan aralashmalar tarkibiga 2% li kaliy bikarbonat eritmasi
(2 ml), mikrofloraga sezuvchanlikni hisobga olgan holda antibiotiklar, 
antiseptiklar (dioksidin, furagin), balg’amni suyultiradigan moddalar 
(mukosolvin 10%-1,0), proteolitik fermentlar (tripsin, ximotripsin
10-15 mg), bronxolitiklar (eufillin 0,5-1,0, 12%, novodrin 0,5%-0,5; 
efedrin 5%-0,5), gormonal preparatlar (gidrokortizon 25-50 mg) kiritish 
maqsadga muvofiq bo’ladi. 
3. 
O’pka abstsesslari va plevra empiemasini sanatsiya qilish
– 
abstsess bo’shlig’ini bronxoskopik yoki transtorakal yo’l bilan kateterlash, 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin