Gospital xirurgiyasi 59 Sahifa
qilinadi. Torakoskopiya yordamida ko’krak qafasining kaysi a’zosi
jarohatlanligini aniqlash mumkin bo’ladi. Yirik qon tomirlar, o’pka
to’qimasi jarohatlanib, yirik bronxlardan qon oqishi davom etayotganda
jarrohlik amaliyoti o’tkazishga to’g’ri keladi. Agar aktiv qon oqishi va
massiv havo kirganligining alomatlari bo’lmagan taqdirda plevra bo’shlig’i
drenajlanadi. O’pka to’qimasida jarohatlanish bo’lmaganda orqa qo’ltiq
chizig’i bo’yicha VI qovurg’alar orasidan, jarohat bo’lganda esa o’rta
o’mrov chizig’i buylab II qovurg’alar orasidan drenajlanishi kerak bo’ladi.
Diafragmaning yaralangani aniqlanganda laparotomiya va qorin bo’shlig’i
a’zolari taftishi o’tkazilishi kerak.
O’pkaning o’tkir yiringli kasalliklari O’pkaning stafilokokk destruktsiyasi – stafilokokklarning patogen
shtammlari ta’siri ostida o’pka to’qimasining yiringli yallig’lanishidir.
O’pka to’qimasining yiringli yallig’lanishi tez fursatda intoksikatsiyaning
rivojlanishiga olib keladi.
Diagnostika uchun o’pkani rentgenologik tekshiruvi va balg’amni
bakteriologik tekshirish, hamda diagnostik bronxoskopiya o’tkazish
muhimdir.
Rentgenologik
usul
yordamida o’pka to’qimasining
infiltratsiyasi, yallig’lanish o’choqlari, o’pkadagi ko’p sonli yupqa devorli
bo’shliqlar, plevrit, pnevmotoraks aniqlanadi. Kasallik o’tkir boshlanadi
(yuqori harorat, et junjikishi va b.), nafas qisishi, yiringli balg’am ajralishi
belgilari bilan namoyon bo’ladi.\
Davolash. Maqsadga muvofiq antibakterial muolaja (bakteriologik
ekmalar natijasiga ko’ra), antistafilokokk zardobini, stafilokokk
bakteriofagini qo’llash, detoksikatsion muolaja, umumiy quvvatni
oshiruvchi vositalar, sanatsion muolaja qo’llaniladi.
O’tkir o’pka abstsessi – o’pka to’qimasining chegaralangan yiringli
yallig’lanishi va bo’shliqlar hosil bo’lishidir. Mikroaspiratsiya, bronxlar
drenaj faoliyatining buzilishi, organizm himoya kuchlarining keskin
pasayib ketishi, shartli patogen mikrofloraning faollashuvi, o’pka
to’qimasida qon ta’minotining buzilishi va nekrozga uchrashi sababli
yuzaga keladi. Abstsesslar gematogen, bronxogen, limfogen va travmatik
tabiatga ega bo’lishi mumkin. Metapnevmonik va aspiratsion abstsesslar
klinik amaliyotda birmuncha ko’proq uchraydi.