O’pkaning surunkali yallig’lanish kasalliklari
O’pkaning surunkali yallig’lanish kasalliklari atamasiga, o’pkadagi
davomli nospetsifik yallig’lanish jarayoni natijasida o’pka parenximasi,
O`quv qo`llanma
64 Sahifa
bronxial va qon tomirlar sistemalari strukturasida o’ziga xos o’zgarishlar
bilan o’tadigan va o’xshash klinik manzara orqali namoyon bo’ladigan
patologik
holatlarning
katta
bir
guruhi
birlashtiriladi.
Bunday
kasalliklarning o’ziga xos klinik belgilari: uzoq vaqt yo’talib yiringli
balg’am ajratish, aksariyat qon tupurib yurish hisoblanadi. Kasallik odatda
avj oladigan tabiatga ega bo’ladi, remissiya va avj olish davrlari bilan
o’tadi. Avj olishi aksariyat yilning sovuq mavsumlarida qayd etiladi.
Qo’zish davrida yiringli balg’amning miqdorini ortishi, gipertermiya qayd
qilinadi. Bahorda avj olib boradigan nafas etishmovchiligi, surunkali
intoksikatsiya belgilari aniqlanadi.
O’pkaning surunkali yallig’lanish kasalliklari diagnostikasida
2 bosqich farq kilinadi: birinchi bosqich – sinchiklab so’rab-surishtirishni
o’z ichiga olgan klinik tekshirish, ikkinchi bosqich – rentgenologik,
endoskopik, funktsional tekshirish usullarini o’z ichiga qamrab olgan
asbob-uskunalar yordamida (instrumental) tekshirish. O’pkaning surunkali
yallig’lanish kasalliklari aniqlanganda instrumental tekshiruvni ko’krak
qafasini ikkita proektsiyada rentgenografiya qilish va maxalliy anesteziya
ostida qilinadigan bronxofibroskopiyadan boshlanadi. Bunda qo’lga
kiritiladigan ma’lumotlar jarrohlik amaliyoti o’tkazish kerak bo’lgan o’pka
kasalliklari bor bemorlarni tanlab olishga va ayni vaqtda jarrohlik
amaliyotiga muhtoj bo’lmay, terapevtik statsionarlarda davolanishi kerak
bo’lgan bemorlarni aniqlashga imkon beradi. Tanlab olingan bemorlar
guruhini ixtisoslashgan torakal bo’lim sharoitlarida sinchiklab tekshirish,
tomografiya, bronxografiya, angiopulmonografiya bilan tenziometriya,
radioizotop skannerlash, spirografiya, reografiyalarni o’z ichiga oladi va
aniq diagnoz qo’yishga, jarrohlik amaliyoti o’tkazishning zarurligi
haqidagi masalani hal etishga hamda uning hajmini aniqlashga imkon
beradi.
Yallig’lanish jarayoniga o’pkaning ko’pi bilan 3 bo’lagi qo’shilgan,
bronxlar va o’pka parenximasida jiddiy morfologik o’zgarishlari bor
bo’lgan bemorlar jarrohlik usuli bilan davolanishlari kerak. O’pkada lokal
zararlanish bo’lganda funktsional tekshirish vaqtida aniqlangan nafas
etishmovchiligi, qo’shilib kelgan og’ir patologiya borligi, keksa yoshdaligi,
jarrohlik amaliyoti o’tkazishga monelik qiladigan hol hisoblanadi. Nafas
etishmovchiligi belgilari unchalik ifodalanmaganda, qo’shilib kelgan
|