Gospital xirurgiyasi
69 Sahifa
aniqlay olmasdan bemor axvoli og’ir paytida, ko’pincha majburan jarrohlik
amaliyoti qilishga to’g’ri keladi. Shuning uchun bunday hollarda jarrohlik
amaliyoti natijalari rejali jarrohlik amaliyotlariga qaraganda birmuncha
yomon bo’ladi. Shu munosabat bilan o’pkadan qon ketishini diagnostika
qilish va davolashga yondoshishda quyidagicha taktika tavsiya qilinadi.
Hamma bemorlarni turli jarrohlik amaliyotlarni bajarishga ko’rsatmalariga
ko’ra quyidagi 2 guruhga bo’lish mumkin:
1-guruh – o’pkasidan qon ketishi I-II darajali bemorlar, ularda
davolashdiagnostik tadbirlar intensiv davolash fonida shoshilinch
bronxoskopiyadan
boshlanishi
kerak.
Shoshilinch
bronxoskopiya
asfiksiyaning oldini olish, traxeobronxial shoxni qunt bilan sanatsiya
qilish, qon ketishini to’xtatish uchun bronxni vaqtincha obturatsiya qilishni
o’z ichiga olgan qator chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi. Bemor ahvoli
barqaror bo’lgandan keyin yaqin 6-12 soatda bronxial arteriografiyani o’z
ichiga olgan rentgenologik tekshiruv o’tkaziladi, diagnoz aniqlanadi va
zarur bo’lganda zararlangan tomonda bronxial arteriya embolizatsiyasi
bajariladi. Bunday taktika ko’pchilik bemorlarda qon ketishini vaqtincha
to’xtatish, qon ketishi tufayli yuz bergan gomeostaz buzilishlarni yo’qotish
uchun vaqtni qo’ldan boy bermaslik, bemorni qunt bilan tekshirish,
diagnozni aniqlash va ehtiyotlab jarrohlik amaliyotini o’tkazishga imkon
beradi.
2-guruh – o’pkasidan qon ketishi III darajali bemorlar. Bunda
bemorlar kasalxonaga keltirilganda konservativ tadbirlar kompleksidan
tashqari ularda rentgenologik tekshirish bilan birga (rentgenoskopiya,
ko’krak qafasini 2 proektsiyada rentgenografiya qilish) fibrobronxoskopiya
qilish zarur. Fibrobronxoskopiya qattiq bronxoskopiyaga o’tish
sharoitlarida o’tkazilishi lozim, chunki bunday bemorlarda tekshiruv
jarayonida ko’p qon ketish ehtimolini istisno qilib bo’lmaydi. Olingan
bronxoskopik rentgenologik ma’lumotlar ko’pchilik bemorlarda qon ketish
manbaini aniqlash, diagnoz qo’yish, keyingi tekshiruv va davolash rejasini
tuzishga imkon beradi. Jarrohlik amaliyoti o’tkazishga monelik qiladigan
hollari bo’lgan bemorlarda qon oqishining takroran ro’y berishiga qarshi
zararlangan tomonda bronxial arteriyani embolizatsiya qilish kerak.
Dostları ilə paylaş: