Gospital xirurgiyasi
67
Sahifa
qismi auskultatsiya qilib ko’rilganda,
mayda pufakchali jarangdor
xirillashlar eshitiladi.
Rentgenologik usulda tasvir olinganda, o’pkaning
kasallangan
erlarida fibroz qismlar strukturasining ari iniga o’xshash ko’rinishda
ekanligi, o’pka ildizi soyasi strukturasining buzilganligi aniqlanadi.
Bronxoskopiyada diffuz yoki aniq chegaralangan bronxit ajralib turadi,
bronxlarning distal kengayish simptomi kuzatiladi (Sul belgisi).
Bronxografiya tekshiruvi bu kasallikda eng ko’p ma’lumotlar beradi –
bronxlarning kengayganligi aniqlanadi:
ular tsilindrsimon, xaltasimon,
kistasimon va aralash turlari ko’rinadi. Lokal zararlanishda jarrohlik usulda
davolaniladi
–
segmentektomiya,
lobektomiya,
bilobektomiya,
pulmonektomiya qo’llaniladi.
26 – rasm. Bronxoektatik kasallikning rentgenologik va klinik
ko’rinishi (baraban tayoqchasi simptomi).
Konservativ muolaja faqatgina jarayon tarqoq bo’lganida,
shuningdek jarrohlik amaliyotiga tayyorgarlik maqsadida o’tkaziladi.
O`quv qo`llanma
68 Sahifa
O’rta bo’lak sindromi
O’rta bo’lakning surunkali yallig’lanishi. O’pkaning atelektazi
hisobiga o’rta bo’lak bronxi o’tkazuvchanligining
buzilishi oqibatida
rivojlanadi. O’pkaning yallig’lanish kasalliklari umumiy sonidan 20-26%
ni tashkil etadi. Kasallik o’rta bo’lak bronxining tuzilish xususiyatlariga,
uning kattalashgan limfa tugunlari tufayli ezilishiga bog’liq,
surunkali
kechish xususiyatiga ega.
Dostları ilə paylaş: