O`quv qo`llanma
78
Sahifa
TUG’MA VA ORTTIRILGAN YURAK NUQSONLARI
Anatomik-fiziologik ma’lumotlar
Yuqori va pastki kovak venalar qonni yig’ib uni yurakning o’ng
bo’lmachasiga tashiydi. Qon o’ng bo’lmachadan o’ng qorinchaga uch
tavaqali klapan bilan ta’minlangan bo’lmacha-qorincha teshigi orqali
tushadi. O’ng qorinchadan qon o’pka arteriyasi bo’ylab o’ng va chap
o’pkalarga etadi. Ulardan arterial qon to’rtta vena orqali chap bo’lmachaga
tushadi, keyin esa bo’lmachaqorinchaaro
ikki tavaqali mitral klapan
joylashgan teshik orqali chap qorinchaga tushadi. Keyin qon uchta
yarimoysimon tavaqalardan tashkil topgan klapan bilan ta’minlangan
aortal teshik orqali aortaga yo’naltiriladi. O’ng va chap bo’lmachalar
bo’lmachalararo to’siq bilan bo’lingan, u o’z davomida qorinchalararo
to’siqqa o’tadi.
Yurakning qon ta’minoti aortadan va Valsalva sinusi sohasidan
chiqadigan ikkita toj arteriyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Yurak
venalari toj sinusiga yoki bevosita o’ng bo’lmacha va qorinchaga quyiladi.
Yurak mushagi strukturasi va faoliyati bo’yicha bir-biridan farq qiladigan
ikkita element – qisqaruvchi miokard tolalari va o’tkazuvchi sistemadan
tashkil topgan. Yurakning o’tkazuvchi sistemasi o’ng bo’lmacha devorida
joylashgan sinus tugunidan (Keyt-Flak tuguni) iborat. Sinus tugunidan
Gospital xirurgiyasi
79 Sahifa
keladigan impulslar atrioventrikulyar
tugunga tarqaladi, chap va o’ng
oyoqchalarga bo’linadigan bo’lmacha-qorincha tutamlariga o’tadi.
Yurakning ish faoliyati davri (tsikli) qorinchalar sistolasi va
diastolasi davriga bo’linib, ularning oxirida bo’lmachalar sistolasi sodir
bo’ladi. Yurak qorinchalari tomonidan qon tomirlarga haydaladigan qon
hajmi, yuza maydoniga bo’lingan minutlik qon hajmi – yurak indeksi deb
ataladi. Katta odamda osoyishta holatda yurak indeksi 3,5-4 l ga (min·m
2
)
teng, jismoniy
ish bajarilayotganda esa, uning ko’rsatkichi 5-10 martaga
ortadi. Chap qorincha va aortada normal bosim simob ustuni (Hg) hisobida
120 mm dan, o’ng qorincha va o’pka arteriyasida – 25 mm dan oshmaydi.
Perikard esa, yurakni qoplab turgan berk seroz xalta hisoblanadi.
Maxsus tekshirish usullari. To’liq klinik diagnoz (tashxis) qo’yish,
gemodinamika holatini aniqlash, yurak miokardi qisqarishi faoliyatini
izdan chiqish (buzilish)
darajasini aniqlash uchun, odatda quyidagi
tekshiruv usullari qo’llaniladi:
I. Noinvaziv tekshiruv usullari: exokardiografiya, rentgenografiya,
kompyuter tomografiya (KT), magnit-rezonansli tomografiya (MRT).
Ultratovush tekshiruv yordamida (exokardiografiya) yurak to’sig’i,
yurak
klapanlari nuqsonlarini diagnostika qilish, miokard qisqarish funktsiyasi
buzilishlarini aniqlash, yurak ichi va markaziy
gemodinamika xolatini
aniqlash imkonini beradi. Ko’krak qafasi rentgenografiyasi diagnostik usul
sifatida keng qo’llaniladi, albatta bu tekshiruv 3 proektsiyada,
qizilo’ngachni kontrastlagan holda bajarishili shart: to’g’ri, chap va o’ng
qiyshiq pozitsiyalarda. KT va MRT yuqoridagi tekshiruv usullarini
to’ldiradi.
II. Invaziv tekshiruv usullari: Yurak bo’shliqlarini Seldinger usulida
kateterlar yordamida zondlash. Zond yuborishning uchta usuli farq
qilinadi: venoz, arterial va yurakni igna orqali punktsiya qilish.
Tekshirishda yurak bo’shliqlaridagi bosim o’lchanadi,
qon gaz tarkibiga
baho beriladi va ventrikulografiya bajariladi.