Gospital xirurgiyasi
75 Sahifa
rivojlanadi. Exinokokk kistasi yiringlab ketganda tana harorati
38-39°S gacha ko’tarilib, ko’p vaqtgacha balandligicha qoladi. Yiringlagan
kista yorilganda yo’tal bilan o’zida xitin pardasi qoldiqlari, skolekslar
saqlagan yiringli suyuqlik ajraladi.
Diagnoz rentgenologik tekshiruv orqali aniqlanadi – o’pkada
gomogen, konturlari aniq sharsimon tuzilmalar borligi shundan dalolat
beradi. Qo’shni bronx yotoq yarasida exinokokkning xitin va fibroz pardasi
orasiga, perikistoz yoriqqa havo tushganda rentgenogrammalarda
cho’zinchoq o’roq shaklidagi va kista chetida joylashgan yorug’ yo’l-yo’l
gaz paydo bo’lishi qayd etiladi. Bronxografiyada bu bo’shliq kontrast
modda bilan to’ladi (subkapsulyar kontrastlanish fenomeni).
Exinokokk bronxga yorilganda va yiringlaganda rentgenologik
manzara o’pka abstsessidagi manzaraga o’xshash, ya’ni suyuqlik sathi
konturlari aniq bo’shliq kurinadi. Laboratoriya ma’lumotlari: aksariyat
eozinofiliya, yiringlanishda EChT oshishi, leykotsitoz qayd qilinadi.
Diagnoz qo’yishga immunologik reaktsiyalar (Katsoni, komplementni
bog’lash, lateks-agglyutinatsiya) yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: