O’pka kistalari O’pkaning kistalar bilan zararlanishlari kelib chiqishi va morfologik
tuzilishiga ko’ra turli xil kasalliklar guruhini tashkil qiladi. Qisman yoki
to’liq suyuqlik yoki havo bilan to’lgan yupqa devorli bo’shliq shakllanishi
ular uchun umumiy belgi hisoblanadi.
Kelib chiqishiga ko’ra kistalar tug’ma (haqiqiy) va orttirilgan (soxta)
bo’lishi mumkin. Haqiqiy o’pka kistalari embrional va postnatal davrda
o’pkaning shakllanish jarayonlari buzilishi natijasida vujudga keladi. Soxta
kistalar ko’pchilik hollarda asosiy kasallikning yaxshi kechishi va tuzalishi
(abstsess, exinokokk, sil kavernasi, o’pka ichi gematomasi) natijasida
vujudga keladi. O’pkada o’choqli emfizema zaminida shakllanadigan
havoli bo’shliqlarni haqiqiy va soxta kistalardan farq qilish lozim bo’ladi.
O’pka kistalarida klinik manzara ularda yallig’lanish jarayoni paydo
bo’lgandagina yuzaga chiqadi. Bunda harorat ko’tarilishi, balg’am
ko’chadigan yo’tal qayd qilinadi.
Diagnoz rentgenologik tekshiruv asosida qo’yiladi. Rentgenologik
ikkita sindromlar guruhi – sharsimon va yumaloq tuzilmalar va yupqa
devorli bo’shliqlar aniqlanadi.
Kista yiringlaganda rentgenologik manzara ko’p jihatdan o’tkir yoki
surunkali
o’pka
abstsesslaridagi
klinik
manzarani
eslatadi.
Bronxografiyada kista bo’shlig’i kontrast bilan to’ldiriladi, ayni vaqtda
o’rab turgan bronxial shox ham o’zgarmay qoladi.
Asoratlangan kistalarni davolashda jarrohlik usuli qo’llaniladi, u
kistani olib tashlashdan yoki o’pka to’qimasi bir qismini rezektsiya
qilishdan iborat. Radikal jarrohlik amaliyotga moneliklar bo’lganda
o’pkaning yiringli kasalliklariga davo qilishning umumiy printsiplari
bo’yicha konservativ davolash o’tkaziladi.