Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti


 – rasm. Qorinchalararo to’siq nuqsoni



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

37 – rasm. Qorinchalararo to’siq nuqsoni. 
 
Bu holatda, arteriovenoz shuntning borligi chap qorinchaning 
gipertrofiyasiga va o’pka gipertenziyasining rivojlanishiga olib keladi. 
O’pkaning yuqori gipertenziyasi venoz qonning katta qon aylanish 
doirasiga tushishiga, tsianoz paydo bo’lishiga va o’ng qorincha 
etishmovchiligi rivojlanishiga olib kelishi mumkin. 
Klinikasi va diagnostikasi.
Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda va 
bolalar hayotining dastlabki yillaridagi dekompensatsiya holatlari bilan 
og’ir kechadi. Kattaroq yoshdagi bolalarda simptomlar kamroq ifodalangan 
bo’lib, bemorda asosan nafas qisishi, tez charchash, yurak sohasidagi 
og’riq, yurak urishi kabi shikoyatlar bilan o’tadi. 


O`quv qo`llanma
88 Sahifa 
Ob’ektiv tekshiruvda teri qoplamlarining rangparligi, bolaning o’sish 
va rivojlanishda tengdoshlaridan orqada qolishi qayd qilinadi. Yurak 
chegaralari o’ngga kattalashgan bo’lib, auskultatsiyada to’sh suyagining 
chap chekkasi bo’ylab kuchli sistolik shovqin, III-IV qovurg’alar orasida 
esa uning jarangliroq eshitilishi aniqlanadi. EKGda qorinchalar 
gipertrofiyasi qayd etiladi. 
Rentgenologik tekshiruvda o’ng qorinchaning kattalashganligi, o’pka 
arteriyasi va uning tarmoqlarining kengayganligi, chap bo’lmacha va 
qorinchaning birmuncha kattalashganligi aniqlanadi. Yurak bo’shliqlari 
zondlanganda o’ng qorinchada qonning kislorodga to’yinish darajasining 
ortishi qayd qilinadi, kateter o’ng qorinchadan chap qorinchaga bemalol 
o’tishi mumkin. Kateter chap qorinchaga kiritilganda kontrast modda o’ng 
qorinchaga va o’pka arteriyasiga tushadi. 
38 – rasm. Devor nuqsonlarini yopish uchun kateterli sistema – 
okklyuderdan foydalanish bosqichlari. 
Davolash – faqat jarrohlik usuli. Qorinchalararo to’siqlardagi kichik 
nuqsonlarga 
П
-simon choklar qo’yib uni bartaraf etishdan iborat. Katta 
nuqsonlarda u teshikni sintetik mahsulotdan tayyorlangan yamoq bilan 
bekitish yo’li bilan bartaraf etiladi. Rentgenendovaskulyar jarrohlikni 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin