Gospital xirurgiyasi
99
Sahifa
EKGda miokard subendokardial qavatida qon aylanishi buzilganidan
dalolat beradigan o’zgarishlar qayd qilinadi.
Seroz perikardit.
Perikard bo’shlig’ida yallig’lanish xarakteridagi
seroz yoki seroz-fibrinoz suyuqlik yig’ilishidir. Asosiy simptomlari: to’sh
orqasida kuchli og’riqlar, ular orqaga va elka ustiga o’tadi, nafas siqiladi.
Atrofdagi a’zolarning perikardial ekssudatdan siqilishi sababli yutish
qiyinlashadi,
hiqichoq tutadi, ovoz bo’g’iladi. Tekshirib ko’rilganda
cho’qqi turtkisi zaiflashgan, yurak chegaralari kengaygan,
yurak tonlari
bo’g’iq eshitiladi. Rentgenologik tekshirishda yurak soyasining
kengayganligi, pulsatsiya pasayganligi qayd etiladi. EKGda asosiy
tishchalarning pasayishi aniqlanadi. Perikard bo’shlig’ida
ekssudat tez
yig’ilganda yurak tamponadasi rivojlanishi mumkin, u oshib boradigan
taxikardiya, arterial bosimning pasayishi, tsianoz, o’pka shishi rivojlanishi
bilan namoyon bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: