Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Yiringli perikardit.
Perikardda yiringli suyuqlik yig’ilishi bilan 
ta’riflanadi. Klinik manzarasi seroz perikarditdagi singari, biroq kasallik 
birmuncha og’irroq kechadi. Intoksikatsiya simptomlari – gektik harorat, et 
uvishishi, ko’plab terlash ustunlik qiladi. Perikard punktsiya qilinganda 
yiringli suyuqlik olinadi. 
Davolash.
Konservativ 
davo 
antibiotiklar, analgetiklar, 
dezintoksikatsion davo, vitaminlar, immunitetni ko’taruvchi dorilar 
ishlatishni ko’zda tutadi. Perikardda suyuqlik bo’lganda bir marotaba yoki 
takroriy punktsiyalar qilish tavsiya etiladi. Yiringli suyuqlik bo’lganda 
perikardga mikrodrenaj o’rnatilib, uning bo’shlig’i antiseptik eritmalar
fermentativ preparatlar bilan yuviladi.
Surunkali ekssudativ perikardit.
Kasallikning asosiy sababchisi – 
revmatizm. Perikard parietal varag’ining keskin qalinlashuvi, uning 
biriktiruvchi to’qimasining o’zgarishi, perikard bo’shlig’ida ko’p miqdorda 
suyuqlik yig’ilishi bilan o’tadi. 
Klinikasi va diagnostikasi.
Bemorlar nafas qisishi, yurak sohasida 
sanchikli og’riq, yurak urishi xurujlaridan shikoyat qiladilar. Ko’zdan 
kechirilganda tsianoz, yuz va bo’yin, qo’llarning o’rtacha shishishi qayd 
qilinadi. Yurak cho’qqisida turtki bo’lmaydi, yurak chegaralari kengaygan, 
uning tonlari bo’g’iq, arterial bosim pasaygan, venoz bosim oshgan 
bo’ladi. Rentgenologik tekshirilganda yurak chegaralarining anchagina 


O`quv qo`llanma
100 Sahifa 
kengayganligi, yurak qisqarishlari amplitudasi pasayganligi ma’lum 
bo’ladi. EKG da asosiy tishchalar voltaji pasaygan bo’ladi.
Davolash
– jarrohlik usulida. Perikardektomiya – perikard parietal 
varag’ini keng ko’lamda rezektsiyasi amaliyoti bajariladi. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin