O`quv qo`llanma
98 Sahifa
bosimning keskin pasaygani holda sistolik bosimning oshishi qayd
qilinadi. Aortal stenozda aortal klapan proektsiyasida dag’al sistolik
shovqin eshitiladi. Klapan etishmovchiligida II tondan keyin birdaniga
keladigan diastolik shovqin eshitiladi. Rentgenologik jihatdan yurak
o’lchamlarining chap qorincha, yuqoriga ko’tariladigan aorta va uning
ravog’i hisobiga kattalashuvi aniqlanadi. Yurak “beli” yaxshi ifodalangan.
Yurak bo’shliqlarini kateterizatsiya qilish stenoz yoki klapan
etishmovchiligi darajasini aniqlash imkonini beradi.
Davolash.
Kasallikning II va III bosqichidagi bemorlar jarrohlik
usulida davo qilinishlari kerak. Alohida stenozda jarrohlik amaliyoti chap
qorinchada va aortada bosim gradienti 30 mm dan oshganda qilinishi
kerak. Klapandagi kuchsiz o’zgarishlarda klapan saqlab qolinadigan
jarrohlik amaliyotilarini bajarish lozim. Qopqoqlar kuchli o’zgarishga
uchraganda – aortal klapan protezlanadi.
Perikarditlar
Perikardit – perikardning vistseral va parietal varaqlarini
yallig’lanishidir. Birlamchi perikarditlar va ko’krak qafasi a’zolari
kasalliklarining oqibati sifatida paydo bo’ladigan ikkilamchi perikarditlar
farqlanadi. Perikarditlar klinik kechishi bo’yicha o’tkir va surunkali
turlarga bo’linadi.
Dostları ilə paylaş: