O`quv qo`llanma
94 Sahifa
41 – rasm. Aortaning toraygan sohasiga stent qo’yish.
Jarrohlik amaliyotlari aortaning toraygan qismini rezektsiya qilish va
«uchma-uch» anastomoz qo’yishdan iborat. Uzaygan torayish bo’lgan
hollarda aortaning rezektsiya qilingan qismi sintetik protez bilan
almashtiriladi.
Orttirilgan yurak nuqsonlari
Revmatizm – orttirilgan yurak nuqsonlari
shakllanishiga sabab
bo’ladigan asosiy kasallikdir. Shu bilan birga septik endokardit, miokard
infarkti, ko’krak qafasi jarohatlari uning
rivojlanishiga olib kelishi
mumkin. Revmatizmda biriktiruvchi to’qima zararlanishi oqibatida turli
klapanlarning qopqoqlari bir-biriga yopishib ketadi,
bu stenozga yoki
chetlarining yupqalashishi va deformatsiyasiga, kaltsiy tuzlari yig’ilishi
natijasida klapan etishmovchiligiga olib keladi.
Aksariyat kombinatsiyalangan nuqson, ya’ni
klapan etishmovchiligi
bilan birga uning stenozlanishi vujudga keladi.
Dostları ilə paylaş: