Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
89 Sahifa 
rivojlanishi bilan, davo usullarining yangi turlari ishlab chiqildi. Bunda, 
nuqsonni kateter va maxsus moslama (okklyuder) yordamida yopish usuli 
taklif qilinmoqda. 
Bo’lmachalararo to’siq nuqsoni 
Yurakning tug’ma nuqsoni bo’lib, bunda o’ng bo’lmacha va chap 
bo’lmacha to’sig’ida teshik bo’lib, shu teshik orqali tutashgan bo’ladi. 
Bunda gemodinamikaning buzilishi arterial qonning chap bo’lmachadan 
o’ng bo’lmachaga o’tishi bilan bog’liq bo’ladi. Bu holatda, arterial 
qonning talaygina qismi normal qon oqimida qatnasha olmaydigan bo’lib 
qoladi. Arterial qon oqib kelishi natijasida o’ng bo’lmachada, o’ng 
qorinchada va o’pka arteriyasida bosim ko’tariladi (gipertenziya), bu esa 
o’z navbatida o’ng bo’lmachaning kengayishiga, o’ng qorincha 
gipertrofiyasiga, o’pka arteriyasining “bo’rtib chiqishi”ga olib keladi. 
39 – rasm. Bo’lmachalararo to’siq nuqsoni. 
O’pka tomirlaridagi gipertenziya o’pkada qon aeratsiyasi darajasini 
pasayishiga olib keladi. Bu holatning avj olishi, o’pka fibrozini keltirib 
chiqaradi. Bo’lmachalararo to’siq nuqsoni ko’pincha mitral klapan va 
o’pka tomirlaridagi o’zgarishlar bilan asoratlanadi. 


O`quv qo`llanma
90 Sahifa 
Klinikasi va diagnostikasi.
Ushbu xastaligi bor bolalarda, ko’pincha 
jismoniy o’sib etilmaganlik qayd qilinadi. Asosiy shikoyatlar: nafas qisishi, 
yurak urishi xurujlari, odatdagi jismoniy xarakatda tez charchab qolishdan 
iborat. Bemorlar nafas yo’llarining yallig’lanish kasalliklariga oson 
beriluvchan bo’lib qoladilar. 
Ob’ektiv tekshirishda teri qoplamlari va shilliq pardalarning 
rangparligi, cho’qqi turtkisining kuchayishi, yurak “bukriligi” borligi qayd 
qilinadi. Auskultatsiyada to’sh suyagidan chaproqda, II qovurg’alar orasida 
o’pka arteriyasi ustida sistolik shovqin eshitiladi. 
Rentgenologik tekshiruvda yurak o’ng qorinchasi va bo’lmachasi, 
shuningdek o’pka arteriyasi va uning tarmoqlarida kengaymalar ko’rinib 
turadi. Exokardiografik skanerlash – yurak o’lchamlaridagi o’zgarishlarni, 
yurak bo’lmachalararo to’siqning paradoksal harakatini ko’rsatib beradi. 
Yurak zondlanganda bosimning oshganligi, yurakning o’ng bo’limlarida va 
o’pka arteriyasida qonning kislorodga to’yinganligi qayd etiladi. Kateter 
nuqson orqali o’ng bo’lmachadan chap bo’lmachaga o’tishi mumkin. 
Davolash – faqat jarrohlik usulda. Tug’ma nuqsonlarni 4-8 yoshda 
bartaraf etgan ma’qulroq. Operatsiya sun’iy qon aylanish yoki sun’iy 
gipotermiya sharoitlarida bajariladi. Kichikroq nuqsonlar tikib quyiladi,
1-2 sm dan ortiq nuqsonlarda sintetik yamoq solinadi. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin