Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Klinikasi va diagnostikasi.
Kasallikning dastlabki alomatlari bola 
tug’ilgandan keyingi dastlabki soatlarda uning qichqirishi va emishi 
vaqtida engil tsianoz ko’rinishida yuzaga chiqadi. Keyinchalik, tsianoz va 
nafas qisishi birmuncha yaqqol namoyon bo’ladi va 1-2 yoshga kelib 
doimiy tusga kirib, hatto bola tinch turganida ham yo’qolmaydi. Katta 
yoshdagi bemorlar nafas qisishi, tez charchash, bosh og’rig’i, jismoniy 
ishga layoqatsizlikdan noliydilar. Aksariyat bemorlar o’rindan turolmay 
yotadilar. Ahvol tobora yomonlashadi. Bemorlarning teri qoplamlari 


O`quv qo`llanma
84 Sahifa 
ko’kimtir tusga kiradi, barmoq bilan bosib ko’rilganda, shu joyda asta-
sekin yo’qoladigan oqimtir dog’ qoladi. Ko’pincha bemor badanida, o’rta 
darajada kengaygan venalar ko’rinib turadi, ular ko’krak qafasi sohasida va 
bosh suyagi ustida ayniqsa yaqqol ko’zga tashlanadi. Tirnoq falangalari 
nog’ora tayoqchalari ko’rinishiga kiradi. Mushak sistemasi sust 
rivojlanadi. 
Ko’zdan kechirilganda aksari «yurak bukrisi» ko’rinadi. 
Auskultatsiyada yurak cho’qqisida I tonning qisqarganligi va o’pka 
arteriyasi II ton sustlashganligi aniqlanadi. II-III qovurg’alar orasida to’sh 
suyagining chap chekkasida sistolik shovqin eshitiladi. Qon analizlarida 
eritrotsitlar miqdori 6-10 12/l gacha va gemoglobin miqdori 130-150 g/l 
gacha ko’paygan. 
Fonokardiogrammada o’pka arteriyasi ustida shovqin, nuqson sohasi 
ustida va qorinchalararo to’siqda shovqin qayd etiladi. Rentgenologik 
tekshiruvda quyidagilar aniqlanadi: yurak bir me’yorda kengaygan, yurak 
beli yaxshi bilinadi, cho’qqisi yuqoriga siljigan. O’pka arteriyasi sathidagi 
kontur yassi va ichiga botgan; aortaning yuqoriga ko’tariladigan qismi va 
ravog’i kengaygan; o’pkaning tasviri xiralashgan, ildizlari soyasi 
kamaygan bo’ladi. Yurakni zondlashda kateter bevosita o’ng qorinchadan 
aortaning yuqoriga ko’tariladigan qismiga o’tadi. O’ng qorinchaga kontrast 
yuborilganda ayni vaqtda o’pka arteriyasi va yuqoriga ko’tariladigan aorta 
to’ladi, o’pka arteriyasi stenozi aniqlanadi. 
Davolash:
faqat jarrohlik usuli qo’llaniladi. Fallo tetradasida 
jarrohlik amaliyotlari palliativ va radikal bo’lishi mumkin. Palliativ 
jarrohlik amaliyotlari aorta bilan o’pka arteriyasi o’rtasida tutashma (yo’l) 
xosil qilinib, kuchsiz arterilizatsiyalangan qonning aortadan o’pka 
arteriyasiga, toraygan qismini chetlab o’tib, tushishi ta’minlanadi.
Radikal jarrohlik amaliyotlari o’pka arteriyasi stenozini bartaraf 
etish, qorinchalararo to’siq nuqsoniga yamoq solishdan iborat bo’ladi. 
Shunday yamoq chiqish bo’limining ehtimol tutilgan torayishini bartaraf 
qilish maqsadida o’ng qorincha devori kesmasiga tikiladi. Eng ko’p 
tarqalgan amaliyotlarga Blelok-Tausig jarrohlik amaliyoti kiradi. 
Bunda o’ng o’mrov osti arteriyasi va o’pka arteriyasini o’ng tarmog’i 
orasida anastomoz qo’yiladi. Odatda, radikal operatsiyadan oldin birinchi 
bosqichda palliativ usul qo’llaniladi. 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin