Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

TUG’MA YURAK NUQSONLARI 
Tug’ma yurak nuqsonlari, yurak embriogenezi jarayonlarining 
buzilishi yoki postnatal davrda normal shakllanish kechikishi oqibatida 
paydo bo’ladi. Ko’pchilik yurak nuqsonlarining asosiy belgisi – kichik va 
katta qon aylanish sistemasiga qonning aniq taqsimlanmasligidir. Bunga, 
odatda yurak to’siqlarida nuqson borligi sabab bo’ladi. 
Tug’ma yurak nuqsonlari shartli ravishda uchta guruhga bo’linadi: 
Birinchi guruh – venoz qonni arterial oqimga tushishi bilan bog’liq 
yurak ichida patologik tutashmalari bo’lgan nuqsonlar (o’ngdan chapga, 
birlamchi – ko’k): Fallo triadasi, tetradasi yoki pentadasi, uch tavaqali 
klapan atreziyasi, Eyzemenger sindromi, tomirlar transpozitsiyasi va b. 
Ikkinchi guruh – arterial qonni venoz oqimga tushishi bilan bog’liq 
yurak ichida patologik tutashmalari bo’lgan nuqsonlar (chapdan o’ngga, 
birlamchi – oq): bo’lmachalararo to’siq nuqsoni, qorinchalararo to’siq 
nuqsoni, ochiq arterial yo’l va b. 
Uchinchi guruh – qon aylanishining buzilishi. Ko’ks oralig’idagi 
magistral tomirlarning torayishi sababli kelib chiqqan nuqsonlar: o’pka 
arteriyasi stenozi, aortaning boshlanish qismi stenozi, aorta koarktatsiyasi. 
Hozirgi paytda yurak tug’ma nuqsonlarining yuzdan ortiq turlari 
ma’lum bo’lib, ulardan asosiylari ustida to’xtalib o’tamiz. 


Gospital xirurgiyasi
83 Sahifa 
Fallo tetradasi 
Ushbu xastalik 1888 yilda frantsuz patologoanatomi Fallo 
tasvirlagan to’rtta doimiy belgilar bilan kuzatiladi: 
1. O’pka arteriyasi torayishi. 
2. Qorinchalararo to’siqning yuqori nuqsoni. 
3. Aortaning o’ng tomonga surilishi. 
4. O’ng qorincha gipertrofiyasi. 
33 – rasm. Fallo tetradasi. 
Fallo tetradasida gemodinamikaning buzilishi o’pkaga qon 
tushishining kamayishi va venoz qonni o’ng qorinchadan aortaga 
o’tishidan iborat bo’ladi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin