Gospital xirurgiyasi
95 Sahifa
etishmovchiligiga, katta
qon
aylanishi
venoz
qismida
qonning
dimlanishiga, jigar shishiga va boshqa turdagi shishlarning rivojlanishiga
olib keladi.
Klinikasi va diagnostikasi.
Mitral
stenoz rivojlanishining
boshlang’ich ilk davrida, uning to’liq kompensatsiyasida odatda
shikoyatlar bo’lmaydi. Jarayon avj olib borganida: nafas qisishi, behollik,
tez charchab qolish, yurak astmasi xurujlari,
taxikardiya, yurak sohasida
og’riq, bosh aylanishi, xushdan ketish yuzaga keladi. Qon tuflash mitral
stenozga xos belgilardan biri hisoblanadi. Ko’zdan kechirishda bemorning
rangpar yuzida o’ziga xos qizillik,
burun uchi, lablarda, quloq suprasida,
qo’l barmoqlaridagi tsianoz o’ziga diqqatni tortadi. Yurak cho’qqisi
sohasida ko’krak qafasining diastolik titrashi aniqlanadi. Auskultatsiyada
diastolik shovqin, birinchi va ikkinchi tonda o’zgarishlar seziladi,
bu uch
ohang «bedana ritmi» ohangini vujudga keltiradi. EKGda odatda, yurak
o’qi o’ngga siljigan bo’ladi.
Fonokardiografiya baland I tonni, yurak cho’qqisi ustida diastolik
shovqinni, o’pka
arteriyasida II ton aktsentini, mitral “chertki” ni qayd
qiladi. Rentgenogrammalarda yurak “beli” ning tekislanganligi, chap
bo’lmacha va o’ng qorinchaning ko’ndalangiga kattalashgani, o’pka
arteriyasining bo’rtib chiqqanligi ko’rinadi. Yurakni zondlashda torayish
darajasi aniqlanadi.
Davolash.
Davo usulini tanlash bemor ahvolining og’ir-engilligiga,
gemodinamikaning
buzilishi darajasiga, revmatik jarayonning kechish
bosqichiga bog’liq. Revmatik jarayon sust kechayotganda uni statsionarda
va davomli antirevmatik davolash yordamida bartaraf etishning iloji
bo’lmaganda jarrohlik amaliyotini bajarishga to’g’ri keladi. Bemor
ahvolining og’ir-engilligiga ko’ra yurak nuqsonlarining besh bosqichi farq
qilinadi:
I bosqich – simptomlarsiz, jarrohlik amaliyoti bajarilmaydi.
II bosqich – buzilishlar jismoniy harakatda paydo bo’ladi. Jarrohlik
amaliyoti jarayon avj olishini to’xtatadi va yaxshi natijalar beradi.
III bosqich – buzilishlar tinch turganda ham yuzaga keladi, odatdagi
harakatda orta boradi. Jarrohlik amaliyotini
bajarish uchun qulay fursat
o’tgan, biroq uni qilish zarur bo’ladi.
O`quv qo`llanma
96 Sahifa
IV bosqich – parenximatoz a’zolarda va yurakda degenerativ
o’zgarishlar bo’ladi. Jarrohlik amaliyotini bajarish muammoga aylanadi.
Tavaqalarda ro’y-rost fibrinoz o’zgarishlar bo’lmaganda va mitral klapan
kaltsinozida yopiq komissurotomiya, asoratlangan
hollarda klapanni
protezlash bajariladi.
Dostları ilə paylaş: