Gospital xirurgiyasi
91
Sahifa
40 – rasm. O’pka arteriyasi klapani a) normada va b) stenozidagi
holati.
Klinikasi va diagnostikasi.
Asosiy shikoyatlar:
nafas qisishi
(jismoniy xarakat vaqtida kuchayadi), yurakning tez-tez urishi, tez
charchash, bolaning rivojlanishdan orqada qolishi. Ko’zdan
kechirishda
yurak “bukriligi”, to’shning chap chekkasida II qovurg’alar orasi
paypaslab ko’rilganda sistolik titrash aniqlanadi.
Perkutor tekshiruvda
yurak o’lchamlarining o’ngga kattalashgani aniqlanadi. Auskultatsiyada –
to’shning chap chekkasi bo’ylab II qovurg’alar orasida maksimal
jaranglaydigan dag’al sistolik shovqin eshitiladi. EKG da o’ng
qorincha
gipertrofiyasi belgilari ko’rinadi. Rentgenologik manzara o’ng qorincha
gipertrofiyasi, o’pka arteriyasining klapanlardan yuqori ko’tarilishi, o’pka
arteriyasi periferik tarmoqlari bo’shlig’ining torayishi bilan ta’riflanadi.
Yurak zondlanganda o’ng qorinchada bosimning oshishi kuzatiladi. O’pka
arteriyasida bosim normal
yoki bir oz pasaygani holda, u simob ustuni
hisobida – 300 mm ga etishi mumkin.
O`quv qo`llanma
92 Sahifa
Davolash – faqat jarrohlik usuli. Qon aylanishi to’xtatib
quyilgan
sharoitda stenozni bartaraf etish jarrohlik amaliyotlari o’tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: