Qisuvchi perikardit. Asosiy sababi – sil, kamroq revmatizm,
nospetsifik infektsiya, jarohatlardir. Surunkali yallig’lanish jarayoni fibroz
o’zgarishga, perikard parietal va vistseral varaqlarining qalinlashuviga olib
keladi, ular qo’shilib ketadi, aksariyat hollarda ular kaltsifikatsiyaga
uchraydi. Yurak xaltasi bo’shlig’i obliteratsiyaga uchraydi. Bularning
hammasi yurak ishini qiyinlashtiradi, uning ezilib qolishiga va
tomirlarining buralishiga olib keladi.
Klinikasi va diagnostikasi. Bemorlarni nafas qisishi, yurak sohasida
bosilish sezgisi, umumiy behollik bezovta qiladi. Yuz tsianozi, rangparlik,
gavda va oyoqlarda shish, jigar o’lchamlarining kattalashuvi, unda
dimlanish hodisalari qayd etiladi. Auskultatsiyada yurak tonlari bo’g’iq.
Yurak chegaralari normada yoki toraygan. Arterial bosim pasaygan, venoz
bosim ko’tarilgan. Rentgenologik jihatdan yurak soyasi konturlari
deformatsiyalangan, yurak qisqarishlari amplitudasi kamaygan, ayrim
qismlari harakatsiz. EKGda hamma usullarda voltaj pasayishi kuzatiladi.
Ultratovush bilan skanerlashda turli qalinlikdagi perikardial bitishmalar,
ohak bilan qoplangan qismlar topiladi.
Davolash – jarrohlik usulida. Amaliyot o’zgargan perikardni radikal
kesib olib tashlashdan iborat.
Yurak ishemik kasalligi Yurak ishemik kasalligi, jahon sog’liqni saqlash tashkiloti
ekspertlarining ta’rifiga ko’ra, miokardning arterial qon bilan
ta’minlanishining nisbiy yoki mutloq kamayishi oqibatida paydo bo’lgan
yurakning o’tkir yoki surunkali disfunktsiyasidan iborat.
Yurak ishemik kasalligining rivojlanishi (patogenezi) asosan
miokardning kislorodga bo’lgan ehtiyoji bilan uning yurak mushagiga
etkazilishi orasidagi muvozanatning buzilishidan iborat. Yurak ishemik
kasalligining anatomik negizi 90% dan ko’p hollarda yurak arteriyalarining
torayishi (stenoz) hisoblanadi. Yurak arteriyalari stenozini keltirib