Gospital xirurgiyasi
107 Sahifa
46 – rasm. Toj tomirlar angioplastikasi
Angioplastika muvaffaqiyatli chiqqanda taxminan 80% bemorlarda
stenokardiya xurujlari yo’qoladi yoki bir muncha kamayadi, 90% dan ko’p
bemorlarda jismoniy harakatlarga moyillik paydo bo’ladi, miokardning
qisqarish qobiliyati yaxshilanadi.
Yurak ishemik kasalligini jarrohlik usulida davolash.
Yurak
ishemik kasalligining patogenetik asosi miokardning kislorodga extiyoji
bilan uning arterial qon bilan toj arteriyalar bo’ylab tushishi o’rtasida
disbalans ekanligini hisobga olib, uni jarrohlik usulida davolash, avvalo
yurak mushagining qon bilan ta’minlanishini yaxshilashga qaratilishi
lozim.
Yurak ishemik kasalligida jarrohlik usulida ikkita asosiy guruhini
tafovut qilish mumkin:
1) miokardning bilvosita vaskulyarizatsiyasini yaxshilash;
2) miokardning bevosita vaskulyarizatsiyasini yaxshilash.
Birinchi guruhga perikard va epikard o’rtasida bitishmalar hosil
bo’lishiga qaratilgan amaliyotlarni kiritish mumkin. Shu maqsadda
epikardni skarifikatsiya qilish yoki kardioperikardiopeksiya (perikard
bo’shlig’iga talkni purkash) o’tkazish taklif kilingan edi. Miokardni
revaskulyarizatsiya qilish uchun to’qima transplantatlaridan foydalanish
amaliyotlari: epikardga charvini, o’pka to’qimasini, ko’krak mushagini,
mediastinal yog’ni, teri laxtagini, ingichka ichak bo’lakchasini tikib
O`quv qo`llanma
108 Sahifa
qo’yish shunday amaliyotlar guruhiga kiradi. Bundan tashkari, miokardni
bilvosita revaskulyarizatsiya qilish maqsadida ichki ko’krak arteriyalarini
bog’lash, toj sinusini arterializatsiya qilish, ichki ko’krak arteriyasini
miokard bag’riga implantatsiya qilish bajarilgan. Biroq miokardni bilvosita
revaskulyarizatsiya qilishga qaratilgan hamma amaliyotlar o’zini oqlay
olmadi, ularning ko’pchiligi kam ta’sirchan yoki umuman foydasiz bo’lib
chiqdi, shu sababli ulardan hamma joyda voz kechildi.
Miokardni
to’g’ridan-to’g’ri
revaskulyarizatsiya
qiladigan
operatsiyalarning ikkinchi guruhi g’oyat ta’sirchanligi bilan ajralib turadi
va butun dunyoda yurakning ishemiyasi bo’lgan bemorlarni davolashda
tobora ko’p qo’llanilib kelinmoqda. Birinchi marta 1962 yilda D. Sabiston
tomonidan bajarilgan aortokoronar shuntlash amaliyoti keng tarqalgan
amaliyot bo’lib, bunda ateroskleroz bilan zararlangan va toraygan qismni
chetlab o’tib, aorta bilan koronar tomir o’rtasida shunt vujudga keltirishdan
iborat. 1964 yilda birinchi marta V.I. Kolesov bajargan mammarokoronar
anastomoz miokardni bevosita revaskulyarizatsiya qilishning ta’sirchan
usuli hisoblanadi. Operatsiyalarning bu guruhiga birinchi marta 1957 yilda
S. Bailey bajargan va keyinchalik autovenoz va autoperikardial plastika
bilan to’ldirilgan koronar arteriyadan endarterektomiyani kiritish mumkin.
Biroq bu operatsiya natijalari qoniqarsiz va o’lim darajasi yuqori
ekanligidan hozirgi vaqtda amalda qo’llanilmaydi.
Koronar arteriyadan endarterektomiya aortokoronar shuntlash bilan
birga bajariladi. Koronar etishmovchilikda miokardning xirurgik
revaskulyarizatsiyasining
turli
usullarini
prof.
V.I.
Burakovskiy,
V.S. Rabotnikov va B.V. Shabalkinlar faol ishlab chiqqanlar va bu usullar
bugungi kunda keng qo’llanilmoqda. Hozirgi vaqtda ko’pgina mualliflar
dori-darmonlar bilan davolashga rezistent yoki berilmaydigan tinch
turgandagi va zo’riqish vaqtidagi stenokardiyani, aortokoronar shuntlash
operatsiyasini
o’tkazishga
ko’rsatma
deb
hisoblamoqdalar.
Koronarografiya ma’lumotlari bo’yicha toj arteriyalarining zararlanishi
xirurgik davolashga ko’rsatma hisoblanadi. Miokardning qisqarish
faoliyatini baholashga katta ahamiyat beriladi. Aortokoronar yoki
mammarokoronar shuntlash amaliyotlari harakatsiz yurakda sun’iy qon
aylanishi va bemor tana harorati 28-30°S gacha pasaytirilgan sharoitlarda
bajariladi.
|