Matematikadan masalalar yechish bo’yicha praktikum
92
148
240
2.
I. Fanning mazmuni Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarni boshlang‘ich sinflarda matematikadan masalalar yechish bo’yicha praktikum fanining mazmuni va vazifalari, o‘qitish usullari, ta’limiy vositalar bilan tanishtirish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifalari - talabalarni matematika o‘qitish metodikasi bo‘yicha davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturining mazmuni va talablari, shuningdek, maktab darsliklari mazmuni va metodik tuzilishi bilan tanishtirish; boshlang‘ich ta’limda o‘rgatishning zamonaviy ilg‘or metod va usullarini o‘rgatish vazifalarini bajaradi.
Shuningdek o‘qitishda:
1) ta’limiy-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni amalga oshirish;
2) nazariy bilimlar tizimini o‘rganish jarayonini yoritib berish;
3) ta’limni inson parvarlashtirishni;
4) matematika o‘qitish jarayonida qadriyatlar, urf-odatlar, sharqona tarbiya qadr-qimmati, bir-biriga hurmati kabi fazilatlarini tarbiyalash;
5) o‘qitishning innovatsion, pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalar yutuqlari;
6) o‘qitish metodikasi I–IV sinflar matematikasining davomi bo‘lgan V–VI sinf matematikasi mazmuni bilan uzviyligi ta`minlanishini nazarda tutadi.
II. Asosiy qism (amaliy mashg‘ulotlari) PISA (Programme for International Student Assessment)
PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study)
TIMSS (Trends in Mathematics and Science Study) xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rish.
“STEAM - talim” (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics - matematika,) dasturini joriy etish hamda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan umumiy o’rta taʼlimning davlat taʼlim standartini amaliyotga joriy qilinishini tahlil etish.
“STEAM - talim” (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics - matematika,) dasturini joriy etish hamda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan umumiy o’rta taʼlimning davlat taʼlim standartini amaliyotga joriy qilinishini tahlil etish.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini sodda matnli masalalar yechishga o’rgatish
Matnli masalalarni tenglamalar orqali yechishga o’rgatish
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini murakkab matnli masalalar yechishga o’rgatish
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini murakkab matnli masalalarni tenglamalar orqali yechishga o’rgatish
Algebraik, arifmetik va geometrik masalalarni yechishga o’rgatish metodikasi
Arifmetik masalalarni yechishga o’rgatish metodikasi
Geometrik masalalarni yechishga o’rgatish metodikasi
Boshlang’ich sinf matematika darslarida sonning kasr qismini topishga doir masalalarni yechishga o’rgatish
Boshlang’ich sinf matematika darslarida sonning ulushini topishga doir masalalarni yechishga o’rgatish