O`quv qo`llanma
42 Sahifa
Jackson ovqat bo’lagining bosimigina emas, balki «diafragma» sfinkteri
qisqarishlarining buzilishi ham patogenetik jihatdan ahamiyatga ega deb
hisoblaydi.
Patologik anatomiyasi.
Epifrenal divertikullar qizilo’ngachning
o’rta uchdan bir qismidagi divertikullarga qaraganda yirikroq bo’ladi.
Faqat ayrim hollardagina ular katta bo’ladi va ularning sig’imi 100, hatto
200 ml ga etadi. Epifrenal divertikullar katta o’lchamli bo’lganida ham,
ularda ovqat qoldiqlarining uzoq vaqt tutilib
qolishi va buzilishi kamdan-
kam kuzatiladi. Bu ularning diafragma va yurakka yaqin joylashganligi
bilan izohlanadi: diafragma harakatlari va yurakning urib turishi epifrenal
divertikulga o’tadi va ularning bo’shliqlari ritmik ravishda kichrayadi va
kattalashadi, bu ularning bo’shalishiga imkon beradi. Shilliq, pardasi
ko’pchilik hollarda o’zgarmagan qo’shni a’zolar
bilan yopishib ketish
hodisalari odatda yo’q. Klinikasi. Ko’pincha divertikullar unchalik jiddiy
buzilishlar keltirib chiqarmaydi va rentgenologik tekshiruv vaqtidagina
aniqlanadi. 15-20% bemorlarda noxush sezgi suyuqlik ichilgandan yoki
qoringa bosilgandan keyin yo’qoladi. Ba’zan to’sh sohasida og’riq sezgisi,
qayt qilish, aerofagiya, yo’tal, ishtaha yo’qolishi va ko’ngil
aynishi
kuzatiladi, qizilo’ngachdan qusish yuz berishi ham mumkin. Katta
hajmdagi divertikul qizilo’ngachni bosib qo’yishi mumkin, shunga ko’ra
ko’krakda og’riq (ayniqsa ovqatdan keyin) paydo bo’ladi, bu yurak urishi,
nafas qisishi bilan o’tadi. Bu simptomlar divertikul bo’shalgandan keyin
yo’qoladi.
Divertikullar rentgenologik jihatidan oson aniqlanadi. Bevosita
diafragma ustida qizilo’ngach devorining turli o’lchamdagi bo’rtib chiqqan
yumaloq yoki tuxumsimon konturlari aniqlanadi. Kasallik juda sekin
kechadi. Ko’p hollarda divertikul o’lchami asta-sekin kattalashadi.
Epifrenal divertikullarni diafragmaning qizilo’ngach
teshigi churralaridan
farq qilish lozim. Kamdan-kam hollarda unchalik katta bo’lmagan
divertikullarni qizilo’ngach yarasidan farq qilishda qiyinchilik vujudga
keladi. Divertikul bilan megaezofagus (kardiya axalaziyasi) belgilarining
birmuncha o’xshashliklari bor.
Xalqum-qizilo’ngach divertikullariga davo qilish – konservativ.
Davolash parhezga qat’iy rioya qilish, divertikulni drenajlash, yuvishdan
iborat va operatsiya qilib davolashga monelik bo’lgandagina qo’llaniladi.