Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
23 Sahifa 
Me’da-ichak yoki yurak-o’pka a’zolari faoliyatining buzilishiga 
shikoyatlar ustunlik qilishi mumkin. Ko’pincha me’daning ko’krak 
bo’shlig’iga surilishi sodir bo’ladi, bunda epigastral sohada va to’sh 
orqasida ovqatlanishdan so’ng disfagiya, kekirish va undan so’ng og’riqlar 
vujudga keladi. Churra qisilganda esa, keskin og’riq, qon aralash qusish 
kuzatiladi. 
8 – rasm. Oshqozon ichak traktining kontrastli tekshiruvida 
paraesofageal churra. 
 
Me’dani kontrast modda bilan to’ldirilib o’tkaziladigan rentgen 
tekshiruvida, kardiyaning diafragmaga nisbatan joylashuvi aniqlanadi. 
Me’daning ko’krak qafasiga surilgan qismi holati va uning qizilo’ngach 
hamda kardiyaga o’zaro munosabati o’rganiladi. 
Hozirgi vaqtda diafragmal churralarini diagnostika qilishda UTT, KT 
va MRTdan keng foydalanilmoqda. 
Davolash. 
Diafragmaning qizilo’ngach teshigi asoratlanmagan 
sirpanuvchan churralarida me’da-qizilo’ngach reflyuksini pasaytirishga, 
ezofagit hodisalarini kamaytirishga, qorin bo’shlig’i ichidagi bosim 
oshishining oldini olishga qaratilgan muolajalar olib boriladi. Bemorlarga 


O`quv qo`llanma
24 Sahifa 
tanasining bosh tomonini baland ko’tarib qo’yib uxlash, gavdani reflyuks 
paydo bo’lishini engillashtiradigan holatlarga yo’l qo’ymaslik, ichak 
faoliyatini muntazam ravishda kuzatib turish tavsiya qilinadi. Qizilo’ngach 
teshigi churrasi borligiga bog’liq holda kasallikning klinik manzarasi og’ir 
bemorlarda terapevtik choralarning natija bermasligi, jarrohlik usulda 
davolash uchun bosh ko’rsatma hisoblanadi. 
Operatsiya qorin a’zolarini joyiga solish va diafragmaning 
qizilo’ngach teshigi defektini bartaraf etishdan iborat. Paraezofagial churra 
kardiya etishmovchiligi bilan birga kelganda Nissen taklif etgan usul 
bo’yicha fundoplikatsiya operatsiya amalga oshiriladi. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin