Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

O`quv qo`llanma
26 Sahifa 
QIZILO’NGACH KASALLIKLARI 
 
 
 
Anatomik-fiziologik ma’lumotlar 
Qizilo’ngach (oesophagus) – halqumni me’daning kardial qismi 
bilan tutashtirib turadigan kovak a’zo bo’lib, balog’at yoshidagi odamda 
uning uzunligi 24-29 sm ni tashkil etadi. Qizilo’ngach devorining qalinligi 
o’rta hisobda 3-4 mm atrofida bo’lib, uzuksimon tog’ayning pastki cheti, 
VI bo’yin umurtqasi sohasidan boshlanadi va uning pastki qismi (2-4 sm) 
qorin bo’shlig’ida joylashgan bo’ladi.
Quyidagi ma’lumotlar amaliy ahamiyatga ega: qizilo’ngachda uchta 
torayma bo’lib, yuqorigisi qizilo’ngachning kirish qismida yuqori qoziq 
tishlar oldingi chetidan taxminan 14-15 sm masofada, o’rta torayma aorta 
ravog’i va chap bosh bronx sohasida va pastkisi diafragma bilan kesishgan 
joyida bo’ladi.


Gospital xirurgiyasi
27 Sahifa 
 
11 – rasm. Qizilo’ngachga fiziologik toraymalari

1 – xalqum toraymasi, 2 – aortal toraymasi, 3 – diafragmal toraymasi 
Qizilo’ngach anatomik jihatdan uch qismga bo’linadi: bo’yin qismi 
(pars cervicalis – boshlanishdan orqa ko’ks oralig’iga kirish qismigacha – 
5-6 sm), ko’krak qismi (pars thoracalis – ko’krak qafasidan 
diafragmagacha – taxminan 17 sm) va qorin qismi (pars abdominalis – 
diafragmadan chiqishdan me’daning kardial qismi bilan tutashguncha –
2-4 sm). 
Qizilo’ngach o’z yo’lida qator a’zolar bilan duch keladi yoki ularga 
anatomik jihatdan yaqin, qizilo’ngachning oldingi tomonida yuqorida 
traxeya turadi. Traxeya bifurkatsiyasi sathida qizilo’ngachni chap bronx 
kesib o’tadi. Pastroqda esa, perikard bilan ajratilgan o’ng bo’lmaning orqa 
yuzasi joylashadi. Diafragmal teshik orqali o’tishning oxirida, endi qorin 
pardasi bilan qoplangan qizilo’gach jigarning chap bo’lagiga tegib turadi. 
Qizilo’ngach orqasida umurtqa pog’onasining bo’yin qismi va birinchi 
ko’krak umurtqalari joylashadi. Th10 yordamida u ko’krak yo’lini (ductus 
thoracicus) kesib o’tadi va umurtqa pog’onasidan uzoqlashadi, 
qizilo’ngach orqasida ichkarida o’ng tomonda toq vena (v. azygos), chap 
tomonda ko’krak aortasi, ular orasida esa ko’krak yo’li joylashadi. Shu 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin