Gospital xirurgiyasi
13
Sahifa
Perikard kistalari.
Embrional davrda to’qimalarning rivojlanish
nuqsoni bilan bog’liq. Aksariyat o’ng kardiodiafragmal burchakda
joylashadi. Kechishi ko’pincha simptomlarsiz. Katta o’lchamlarda
bo’lganda yurak sohasida og’riq, aritmiyalar qayd qilinishi mumkin.
Rentgenologik tekshirishda aniqlanadi. Davolash – kistani xirurgik yo’l
bilan olib tashlashdan iborat.
Bronxogen kistalar.
Odatda traxeya va yirik bronxlarga taalluqli
bo’ladi. Ularning o’lchamlari
kattalashgan sari, bemorlarda shikoyatlar
birin-ketin paydo bo’ladi. Ular quruq yo’tal, nafas qisishi, stridoroz nafas
olish holida yuzaga chiqadi. Rentgenologik tasvirda traxeyaga tegib turgan
yumaloq soya aniqlanadi. Davolash – kistani xirurgik yo’l
bilan olib
tashlashdan iborat. Operatsiyaga ko’rsatma bo’luvchi asoratlari: yiringlash,
perforatsiya (teshilish) hisoblanadi.
5 – rasm. Ko’krak qafasi rentgenogrammasida o’pka bronxogen
kistasi
O`quv qo`llanma
14 Sahifa
Enterogen kistalar.
Orqa ko’ks oralig’ining pastki bo’limlarida
joylashadi. Birlamchi ichak naychasidan rivojlanadi. Kistalarning ichki
pardasi xlorid kislota ishlab beradigan me’da epiteliysi bilan qoplanganligi
tufayli devorida yaralar paydo bo’lishi, qon oqishi,
perforatsiyasi yuz
berishi mumkin. Ular ichi kovak a’zolarga, perikard, plevra bo’shlig’iga
teshib kirib, yiringlashni hosil qilishi ehtimoli bor. Diagnostika uchun
pnevmomediastenografiya ko’p ma’lumot beradi. Davolash – kistalarni
operatsiya yo’li bilan olib tashlashdan iborat.
Lipomalar
– ko’pincha o’ng kardiodiafragmal burchakda joylashadi.
Simptomsiz kechadi. Katta o’lchamlargacha
etishi mumkin, shundagina
ko’ks oralig’i a’zolarining bosilish simptomlari yuzaga keladi.
Rentgenologik tekshirishda aniqlanadi. Davolash – operatsiya qilinib,
o’sma olib tashlanadi.
Limfomalar.
Mediastinal limfatik tugunlardan rivojlanadi. Odatda
oldingi ko’ks oralig’ida joylashadi. Tabiatiga ko’ra xavfli hisoblanadi.
Simptomlari intoksikatsiya bilan bog’liq – lohaslik,
darmon qurishi, tana
haroratining ko’tarilishi (isitma), oriqlab ketish, terida qichima paydo
bo’lishi kabilardir. Katta o’lchamlarga etganda: yo’tal, ko’krakda og’riq,
ko’ks oralig’i a’zolarining ezilishi belgilari bo’ladi. Diagnostika uchun
rentgenologik
tekshiruv,
mediastenoskopiya,
mediastenotomiya
o’tkaziladi. Davolash – xirurgik yo’l bilan davolash erta bosqichlaridagina
amalga
oshiriladi, keyinchalik nur va kimyoviy preparatlar bilan
davolanadi.