Diafragma churralari. Diafragma churrasi deb, qorin bo’shlig’i
a’zolarining diafragmadagi tug’ma yoki orttirilgan nuqson orqali ko’krak
bo’shlig’iga surilishiga aytiladi.
Klassifikatsiyasi va klinikasi. Barcha diafragmal churralar ikkita
katta sinfga: travmatik va travmatik bo’lmagan churralar turlariga
bo’linadi. Churra qopining bor yoki yo’qligiga bog’liq holda, churralar
soxta va chin churralar deb ham nomlanadi.
Travmatik diafragmal churralar odatda soxta bo’lib chiqadi, biroq
chin bo’lishi, ya’ni qorin churrasi qopiga ega bo’lishi ham mumkin, bu
ko’krak-qorin to’sig’ining jarohati hajmiga bog’liq bo’ladi.
Travmatik
bo’lmagan
chin
diafragma
churralari
qaerda
joylashganidan qat’iy nazar, tug’ma va orttirilgan bo’lishi mumkin.
O`quv qo`llanma 18 Sahifa
Diafragmal churralarining quyidagi tasnifi keltirilgan (B.V. Petrovskiy bo’yicha): Travmatik churralar:
soxta va chin.
Travmatik bo’lmagan churralar:
1. Soxta tug’ma churralar.
2. Diafragma kuchsiz sohalarining chin churralari.
3. Atipik lokalizatsiyali chin churralar.
4. Diafragma tabiiy teshiklarining churralari:
a) qizilo’ngach teshigi churrasi;
b) diafragma tabiiy teshiklarining kam uchraydigan
churralari.
7 – rasm. Diafragmal churralarining turlari. a - qizilo’ngach; b - kardial; c - fundal; d - subtotal; e - total;
f - orttirilgan kalta qizilo’ngach; j - tug’ma kalta qizilo’ngach
Diafragmal churralarning umumiy simptomatikasi. Diafragmal
churralarning klinik ko’rinishlari uchta asosiy omilga bog’liq bo’ladi:
1. diafragmadagi nuqson orqali ko’krak qafasiga tushgan churra
darvozalaridagi qorin bo’shlig’i a’zolarining ezilishi va buralib qolishi;