Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

O`quv qo`llanma
28 Sahifa 
yo’lda qizilo’ngach o’ng bronxial arteriyani, bir necha qovurg’alararo 
arteriyalar va venalarni, hamda undan plevra bilan ajratilgan
v. hemiazygosni kesib o’tadi. Qizilo’ngach o’ng tomonda yuqorida traxeya 
bilan bekilgan. Xuddi shu erda o’ng qaytuvchi nervning tarmog’i o’tadi. 
Eng yuqori bo’limida u qalqonsimon bezning o’ng bo’lagiga tegib turadi. 
Chapda qizilo’ngach qalqonsimon bezning chap bo’lagi, shu bezning 
venalari bilan chegaralanib turadi. Unga traxeo-ezofageal burchakdan 
qizilo’ngachning oldingi sathiga o’tadigan chap qaytuvchi nerv 
yaqinlashadi. Uning yaqinida, chap o’mrov osti sohasida ko’krak yo’li 
joylashadi. Keyinroq qizilo’ngach aorta ravog’ining gorizontal qismiga 
yaqinlashadi, mediastinal plevra, kardiya sohasi, me’da tubiga tegib turadi. 
O’ng adashgan nerv qizilo’ngachga o’ng bronx bilan kesishgan sathida 
yaqinlashadi, bu IV-V ko’krak umurtqasi sathiga muvofiq keladi va 
qizilo’ngachning orqa yuzasida joylashib, qorin bo’shlig’iga kiradi. Chap 
adashgan nerv qizilo’ngachning oldingi devoriga yaqinlashadi. Shunday 
qilib, qizilo’ngach o’zining butun yo’lida traxeya, pastga tushadigan aorta, 
ko’krak yo’li, simpatik chegaradosh ustunning ko’krak qismi, o’pka va 
plevra, diafragma, yuqori kovak vena, perikard va yurakning orqa yuzasi 
bilan anatomik jihatdan yaqin yoki tegib turadi. Qizilo’ngach bo’yin qismi 
va ko’krak bo’limi boshlanishda aorta ravog’igacha o’rta chiziqdan 
birmuncha chapda yotadi. Ko’krak bo’limining o’rta qismida qizilo’ngach 
o’rta chiziqdan birmuncha o’ngga og’adi va diafragma ustida aortadan 
oldinda yotadi. 
Shunday qilib, qizilo’ngach bo’yin bo’limida chapdan kesishga 
qulay. Ko’krak bo’limining pastki uchdan bir qismida qizilo’ngach pastga 
tushadigan aorta va yurak xaltasi orasida yotadi va unga chap tomonlama 
transplevral yo’l bilan yaqinlashish oson. Umuman olganda, 
qizilo’ngachning tuzilishi butun me’da-ichak yo’liga muvofiq keladi. 
Devori 4 qavatdan tashkil topadi – shiliq qavat (mucosa), shiliq osti qavati 
(submucosa), mushak qavati (muscularis) va tashqi biriktiruvchi to’qima 
pardasi (tunica adventicia). Qizilo’ngachning shiliq pardasi ko’p qavatli 
yassi epiteliy burmalaridan hosil bo’lgan. Qizilo’ngach ko’p qavatli yassi 
epiteliysining me’daning tsilindrsimon epiteliysiga o’tishi keskin, 
tishsimon chiziq ko’rinishda yuz beradi (linea zerrata). Ko’pchilik 
kishilarda u anatomik kardiyadan birmuncha yuqorida joylashgan. 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin