Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

O`quv qo`llanma
38 Sahifa 
zararlanganda yuz beradigan traxeya bifurkatsiyasida). Ko’pchilik 
tadqiqotchilar traktsion mexanizm divertikul rivojlanishining boshidagina 
kuzatiladi, deb hisoblaydilar. Keyinchalik divertikul kattalashadi va 
pulsion mexanizm ta’siri ostida o’z shaklini o’zgartiradi. Bu xildagi 
divertikullar pulsion-traktsion divertikul nomini olgan.
Qizilo’ngach divertikullarini pulsion, traktsion va aralash 
(pulsiontraktsion) turlarga bo’lish bilan birga ularning joylashuvi bo’yicha 
klassifikatsiyasi ham qabul qilingan. Shu tariqa halqum-qizilo’ngach yoki 
Tsenker divertikullari, epibronxial (bifurkatsion, o’rta qizilo’ngach), 
epifrenal (epidiafragmal) va boshqa kam uchraydigan xillari farq qilinadi. 
Shuningdek tug’ma va orttirilgan, haqiqiy va soxta divertikullar farq 
qilinadi. Tug’ma divertikullar kamdan-kam uchraydi. Ko’pchilik hollarda 
ular orttirilgan bo’ladi. 
15 – rasm. Halqum-qizilo’ngach, Tsenker divertikulining 
sxematik, endoskopik va rentgenologik ko’rinishi. 
 
Devori normal qizilo’ngach devorining xamma qatlamlarini saqlagan 
divertikullar «haqiqiy», devori mushak qatlamidan mahrum bo’lgan 
divertikullar «soxta» degan nom olgan. Soxta divertikullar prognostik 
jihatdan yomonroq, chunki qisilib qolishi, cho’zilishi va hatto teshilishi 
mumkin. Qizilo’ngach divertikullari aksariyat 5 dan 70 yoshgacha, 
ayollarda erkaklarga nisbatan birmuncha ko’proq uchraydi. Halqum-
qizilo’ngach divertikullari ko’pincha ularni batafsil tasvirlagan Zencer 
nomi bilan Tsenker divertikullari deyiladi. Halqum-qizilo’ngach 
divertikullari aslini olganda halqum distal bo’limining divertikullari 


Gospital xirurgiyasi
39 Sahifa 
hisoblanadi, biroq, ularning paydo bo’lishi ko’pincha qizilo’ngach 
funktsiyasining buzilishi bilan o’tadi, shuning uchun qizilo’ngach 
patologiyasini bayon qilishda ushbu kasallik ustida to’xtalib o’tish o’z-
o’zidan joiz hisoblanadi. 
Tsenker divertikuli paydo bo’lishida, aftidan, mexanik omil – ovqat 
luqmasining halqum devorining kuchsiz joyini ko’p bosib turish, ehtimol, 
halqum mushaklari va qizilo’ngachga kirish qismidagi mushaklar 
qisqarishining uyg’unligi buzilishi asosiy ahamiyat kasb etsa kerak. Ayrim 
mualliflar halqum, halqum-qizilo’ngach divertikullari rivojlanishida 
embriologik shartsharoitlarning ahamiyatiga ishora qilib, embrionda 
halqum devoridagi shu xildagi bo’rtmalarni qayd qiladilar. Patologik 
anatomiyasi. Divertikul asta-sekin bir necha yillar ichida rivojlanadi. 
Halqum quyi bo’limi orqa devorida hosil bo’lgan divertikul 
qizilo’ngachning orqa devori va umurtqa pog’onasi orasida pastga tushadi.
Divertikul teshigi odatda enlik va halqumning to’g’ridan-to’g’ri 
davomi hisoblanadi va qizilo’ngach kirish qismi oldinga, hiqildoqqa 
siljigan. Divertikul katta-kichikligi har xil – kichkina botiqlikdan to nok 
kattaligigacha bo’ladi. U ovqat bilan to’lganda qizilo’ngachni oldinga qisib 
qo’yadi va yutishni juda qiyinlashtiradi. Divertikul qopchasida mushak 
tolalari bo’lmaydi va odatda atrofdagi to’qimalar bilan yopishib ketmagan 
bo’ladi. Divertikulning ichki yuzasi halqum shilliq pardasi bilan 
qoplangan. Ba’zan yuzasida eroziyalari bilan donador yoki yassi 
chandiqlari bo’ladi. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin