O`quv qo`llanma
36 Sahifa
naysimon, buralma yoki ko’p sonli strikturalari bor bemorlarda
gastrostoma orqali qo’llaniladi. Og’iz orqali kiritilgan va gastrostoma
orqali kiritilgan ipak ipga turli xil diametrdagi rezina naychalar
mahkamlanadi. Ularni to’g’rilab, toraygan qism orqali o’tkaziladi
va bir
necha soatcha qoldiriladi. Gastrostoma orqali retrograd bujlash xavfsizroq
hisoblanadi va bemorlar ularni osonroq, ko’taradilar. Ayrim bemorlarda
ezofagit hosil bo’lishiga olib kelishi mumkin. Qizilo’ngach teshilishi va
mediastini rivojlanishi bujlashning xavfli asorati hisoblanadi.
Qizilo’ngachning chandiqli strikturalarida operatsiyaga ko’rsatmalar:
1) qizilo’ngach bo’shlig’ining to’liq, obliteratsiyasi (berkilib qolishi);
2) striktura orqali buj o’tkazishga bir
necha marta muvaffaqiyatsiz
urinishlar; 3) takroriy bujlashdan keyin chandiqli strikturalarning tez
qaytalanib turishi; 4) traxeya yoki bronx bilan qizilo’ngach oqma yaralari
borligi; 5) bujlashda qizilo’ngachning takroriy teshilishi. Bemor juda ozib
ketganda davolashning birinchi bosqichi sifatida unga gastrostoma
qo’yiladi.
Dostları ilə paylaş: