Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

O`quv qo`llanma
30 Sahifa 
venalari orqali qopqa va kovak venalar sistemasi o’rtasida anastomoz 
amalga oshirilishini qayd qilib o’tish muhim. Qizilo’ngachning limfatik 
tomirlari me’daning chuqur limfatik tugunlariga quyiladi. Limfa 
qizilo’ngachning yuqori qismidan traxeal va traxeobronxial limfatik 
tugunlarga, pastki qismidan kardiya tugunlariga tushadi. Qizilo’ngach 
limfatik tugunlarining bir qismi bevosita ko’krak yo’liga ochiladi
(D.A. Jdanov, 1952), buning qizilo’ngach rakining keyinchalik metastazlar 
berishida ahamiyati kattadir. Qizilo’ngachni parasimpatik n. vagi 
tarmoqlari va simpatik nerv sistemasi (gangl. stellatumning tolalari, arterial 
va kekirdak-xiqildoq chigali) orqali innervatsiya qiladi. Ikkala sistemaning 
nerv tolalari qizilo’ngach yuzasida chigallar: o’ng adashgan nerv 
tarmoqlari bilan chap-orqa qizilo’ngach chigalini, chap adashgan nerv 
tarmoqlari bilan o’ng oldingi qizilo’ngach chigalini hosil qiladi. Ulardan 
qizilo’ngach bag’rida intramural nerv chigalini (mushaklararo, auerbax) va 
shilliq parda osti (Meysner) chigalini hosil qiladigan tolalar chiqadi. Bular 
qizilo’ngach devorini innervatsiya qiladi. Qizilo’ngachning bo’yin qismi 
qaytuvchi nervlar, ko’krak qismi o’zaro anastomozlanadigan adashgan 
nervlar tarmoqlari va simpatik nerv tolalaridan innervatsiya qilinadi. 
Qizilo’ngachning quyi qorin nervidan (n. splanchicus) tarmoqlar oladi. 
O’z-o’zini reflektor boshqarish intramural va ekstramural nerv tolalari va 
chigallari tomonidan amalga oshiriladi.
Qizilo’ngachning kuyishi 
Qizilo’ngachning o’yuvchi ishqor, kuchli kislota, kamroq fenol, 
lizol, yod, sulema va boshqa ba’zi bir moddalardan kuyib qolish hollari 
ko’proq uchraydi. So’nggi vaqtlarda xonadonlarda kaustik soda kam 
ishlatila boshlangani munosabati bilan bu moddadan tasodifan kuyishlar 
soni kamayib ketdi, biroq ayrim joylarda u hali ham uchrab turadi. 
Ko’pgina 
mualliflarning ma’lumotlari bo’yicha so’nggi yillarda 
qizilo’ngachning sirka kislotadan (essentsiya) kuyib qolish soni birmuncha 
ko’paydi. Kuchli kislota ichib qo’yilganda eng ko’p o’zgarishlar 
qizilo’ngachda, o’yuvchi ishqor ichib qo’yilganda esa me’dada ozroq 
o’zgarishlar paydo bo’ladi deb hisoblanadi (chunki meda shilliq pardasi 
kislotalar ta’siriga ma’lum darajada chidamli bo’ladi). 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin