Gospital xirurgiyasi
25
Sahifa
bo’lishi mumkin. Diafragma relaksatsiyasida zararlangan tomondagi
o’pkaning ezilishi va ko’ks oralig’ining qarama-qarshi
tomonga surilishi
ro’y beradi, me’da yoki ichakning ko’ndalang va uzunasiga buralishi yuz
berishi ehtimoli ham bo’ladi.
Klinik manzarasi.
Chegaralangan o’ng tomonlama relaksatsiyada
belgilar diafragmal churradagi singari bo’ladi. Churraning darvozalari
yo’qligi
hisobiga, bu holatda qisilib qolish xavfi bo’lmaydi.
Diagnoz – qorin bo’shlig’i a’zolarining ko’krak qafasining tegishli
yarmiga
surilishi, o’pkaning ezilishi, ko’ks oralig’i a’zolarining
surilish
belgilari
asosida
qo’yiladi. Rentgenologik tekshirish diagnozni
tasdiqlaydigan asosiy usul hisoblanadi. Ko’krak qafasiga surilgan a’zolar
ustidan diagnostik pnevmoperitoneum qo’yilganda
diafragma soyasi
aniqlanadi.
10 – rasm. Diafragma relaksasiyasining rentgenologik ko’rinishi.
Davolash. Aniq ifodalangan klinik simptomlar bo’lganda jarrohlik
usulida davolash zarur bo’ladi. Operatsiya surilgan qorin bo’shlig’i
a’zolarini normal holatga keltirish va
yupqalashgan diafragmaning
dublikaturasini hosil qilish yoki uni polivinilalkogol, teri-mushak laxtaklari
yordamida plastika qilishdan (mustahkamlash) iborat.