Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

O`quv qo`llanma
20 Sahifa 
Odatda, uzil-kesil diagnoz rentgenologik teshiruv natijasiga qarab 
qo’yiladi. Rentgenologik manzarada: ko’krak qafasiga surilgan qorin 
a’zolari tabiati va hajmiga, me’da-ichak yo’llarining to’lish darajasiga 
bog’liq. 
Me’da tushishida ko’krak qafasining chap tomonida suyuqlik ichish 
va ovqat eyishda ko’tarilgadigan katta gorizontal sath ko’rinib turadi. 
Ingichka ichak qovuzloqlari tushganda o’pka maydoni fonida ayrim 
yorug’langan va soyalashgan qismlar ko’rinib turadi. Taloq yoki jigarning 
surilganligi o’pka maydonining tegishli bo’limida qorong’ulanish beradi. 
Ayrim bemorlarda diafragma gumbazi va undan yuqorida joylashgan qorin 
a’zolari yaxshi ko’rinib turadi. 
Me’da-ichak sistemasi a’zolarini kontrast modda yordamida 
tekshirilganda, churraga tushgan a’zolarning tarkibi va tabiati aniqlanadi. 
Churraga tushgan a’zolarni diaframadagi teshik sathida bosib ko’rish 
asosida (churra darvozalari simptomi) churra darvozalarining joylashgan 
joyi va o’lchamlari aniqlanadi.
Davolash: 
diafragmal churralarda siqilish imkoniyati borligini 
hisobga olib, profilaktik niyatda operatsiya qilish kerak bo’ladi. Churra 
o’ng tomonlama joylashganda operatsiyani IV qovurg’alar orasida 
bajariladigan transtorakal kesma (yo’l) orqali qilinadi, parasternal 
churralarda qulayroq kesma yuqori-o’rta laparotomiya, chap tomonlama 
churralarda esa VII-VIII qovurg’alararo transtorakal kesmalar tavsiya 
etiladi. Amaliyot jarayonida bitishmalar ajratilgach, diafragmadagi nuqson 
chetlari ozod qilingandan so’ng, surilgan a’zolar qorin bo’shlig’iga 
joylashtiriladi va nuqson alohida tugunli choklar yordamida dublikatura 
hosil qilib tikiladi. Nuqson o’lchamlari katta bo’lganda diafragmani 
kapron, neylon, teflon kabilardan tayyorlangan protezlar yordamida 
(alloplastika) mustahkamlash maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Parasternal churralarda (Larrey churrasi, retrosternal churra) surilgan 
a’zolar o’z bo’shlig’iga joylashtiriladi, churra xaltasi kesib olib tashlanadi, 
diafragma nuqsoni chetlariga va qorin mushaklari qinining orqa varag’iga, 
suyak ustki pardasi, to’sh va qovurg’alarga birin-ketin П-simon choklar 
qo’yiladi. 
Qisilgan diafragmal churralarda transtorakal yo’l bilan kiriladi, qisib 
turgan halqa kesilgach, churra xaltasining tarkibini tashkil qiluvchi a’zolar 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin