Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

O`quv qo`llanma
4 Sahifa 
etilmagani, yangi qo’llanmani yaratish va ushbu masalalarni ham unga 
kiritish zaruratini yuzaga keltirdi.
Bugungi kunga kelib, yurtimizda xirurgik kasalliklar bo’yicha chop 
etilgan barcha qo’llanmalarni qaytadan ko’rib chiqib, ularga shu 
ixtisoslikning bugungi holati va kelajagini inobatga olgan holda
o’zgartishlar va to’ldirishlar kiritish ehtiyoji tug’ildi. Talabalarga dars 
berishdagi qat’iy izchillikka rioya qilgan holda, ilmiy asosda tabobatning 
bu murakkab sohasida insoniyat to’plagan tajribalarni ularga etkazishga 
harakat qilindi. Zero undan, bugungi kun talabalari foydalanib, ertangi 
kunda aholiga davr talabiga munosib ravishda xizmat ko’rsatishlari lozim 
bo’ladi.
Shu qatorda, 50 yildan beri faoliyat olib borayotgan fakultet va 
gospital jarrohligi klinikasining boy tajribasi ham e’tiborga olingan. Ushbu 
asarni yaratishda bevosita hissa qo’shgan shogirdlarga, muallif ulkan 
minnatdorchilik bildiradi.
Qo’llanmani yozishda, mualliflar xirurgiyaga oid mavjud 
ma’lumotlarni bayon etgani holda, kasalliklarni aniqlash va davolashning 
yangi usullari bilan tanishtirishga harakat qildilar. Bu borada o’lkamiz 
olimlarining qo’shgan ulkan hissalari haqida ham so’z yuritishga urindik. 
Bularning hammasi, bo’lajak jarrohlarning yangi avlodini tarbiyalashga va 
ularning xalqimizga malakali xizmat ko’rsatishiga yordam beradi degan 
umiddamiz. 
 
 


Gospital xirurgiyasi
5 Sahifa 
KO’KS ORALIG’I KASALLIKLARI 
 
Anatomik-fiziologik ma’lumotlar 
Ko’ks oralig’i – ko’krak bo’shlig’ining orqa tomondan umurtqa 
pog’onasi, oldingi tomondan ko’krak, yon tomonlardan mediastinal plevra 
va pastdan diafragma bilan chegaralanib turadigan qismi bo’lib, ko’ks 
oralig’i yuqorida aniq chegaralarsiz bo’yin sohasiga o’tadi. Ko’ks oralig’i 
shartli ravishda yuqori va pastki qismlarga bo’linadi, uning sathi
IV ko’krak umurtqasidan o’tadi. Traxeya yuqori ko’ks oralig’ini shartli 
ravishda oldingi va orqa ko’ks oralig’iga bo’ladi, yurak xaltasi esa pastki 
va oldingi, o’rta va orqa ko’ks oralig’iga bo’ladi. 
Ko’ks oralig’i topografikanatomik bog’liq a’zolar va to’qimalarning 
yig’indisi hisoblanadi. Yuqori ko’ks oralig’ida traxeya, qizilo’ngach, 
ayrisimon bez, aorta ravog’i, elka-bosh venalari, ko’krak limfatik yo’li 
joylashgan bo’ladi. Pastki ko’ks oralig’ining oldingi va o’rta qismlarida 
yurak va perikard joylashgan bo’lib, o’rta qismining yuqori uchdan birida 
esa traxeya bifurkatsiyasi, o’pka arteriyasi, aortaning yuqoriga ko’taruvchi 
qismi joylashadi. Nihoyat, pastki orqa oralig’ida aortaning pastga 
tushuvchi qismi, qizilo’ngach, ko’krak limfa yo’li, simpatik va 
parasimpatik nervlar o’tadi. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin