Ish kitobining ishchi varag`ini qo`yish, yo`qotish va uning nomini o`zgartirish
Qo`shimcha varaq qo`yish yoki varaqni yo`qotish
Kerak bo`lganda nafaqat qo`shimcha katak, satr yoki ustunlar balki, ish kitobiga qo`shimcha ishchi varaqlar ham qo`yish mumkin. Buni amalga oshirishning quyidagi usullari mavjud:
Menyular satridan Вставка bo`limining Лист buyrug`ini ishga tushirish;
“Лист” yorlig`ida sichqonchaning o`ng tugmasini bosish va hosil bo`lgan kontekst menyudan Вставить buyrug`ini tanlash;
Yuqoridagilardan ixtiyoriy birini bajarish joriy ish kitobida yangi varaqni hosil qiladi. Bu varaq joriy varaqdan oldin joylashgan bo`ladi va avtomatik tarzda faollashadi.
Agar biror varaq kerak bo`lmasa yoki bo`sh varaqni nish kitobidan olib tashlash kerak bo`lsa, bu holda quyidagi ikki usuldan foydalanish mumkin:
Menyular satridan Правка bo`limining Удалить лист buyrug`ini ishga tushirish;
“Лист” yorlig`ida sichqonchaning o`ng tugmasini bosish va hosil bo`lgan kontekst menyudan Удалить buyrug`ini tanlash. Bunda yo`qotishni tasdiqlash so`rov oyasi hosil bo`ladi va uni tasdiqlash lozim.
Ish kitobidan biror varaq yo`qotilsa u qayta tiklanmaydi.
Ishchi varaq nomini o`zgartirish Varaqning yorlig`ida uning nomi hosil qilinadi. Odatda ish kitobi varaqlari nomi “Лист 1”, “Лист 2” va h.k. kabi nomlangan bo`ladi. Bu nomlarni mazmunli nomlarga o`zgartirish mumkin. Buning uchun quyidagi usullardan biridan foydalanish lozim.
“Лист” yorlig`ida sichqonchaning chap tugmasini tez ikki marta bosish. Natijada varaq nomi ajaratiladi va unda yangi nomni kiritib, [Enter] tugmasini bosish kerak. Yorliqda yangi nom hoisil bo`ladi;
“Лист” yorlig`ida sichqonchaning o`ng tugmasini bosish va hosil bo`lgan kontekst menyudan Переименовать buyrug`ini ishga tushirish kerak;
Menyular satridan Формат bo`limining Лист buyrug`i tanlanadi, hosil bo`lgan ost menyudan Переименовать buyrug`ini ishga tushirish. Bundan tashqari bu ost menyuda quyidagi buyruqlaridan ham foydalanish mumkin: