Diagramma tashkil qilish Odatda diagrammalar diagrammalar ustasi funksiyasi yordamida tashkil qilinadi. Uni ishga tushirish uchun Стандартная uskunalar panelidan [Мастер диаграмм] bosish kerak. Yoki Вставка menyusining Диаграмма buyrug`ini ishga tushirish lozim. Diagramma tashkil qilishda ishchi varag`idagi kerakli ma’lumotlar joylashgan kataklar ajratilgan bo`lishi shart. Natijada quyidagi muloqot oyna hosil bo`ladi (1.21-rasm). Diagramma tashkil qilish 4 qadamdan iborat.
Birinchi qadamda diagrammaning tashqi ko`rinishi, ya’ni turi tanlanadi (1.20-rasm). Oynaning Стандартные sahifasidagi keltirilgan variantlar ma’qul bo`lmasa, u holda Нестандартные sahifasidan tanlash mumkin. Oxirgi natijani baholash uchun oynaning [Просмотр результата] tugamasidan foydalanish mumkin.
Diagramma ustasining navbatdagi qadamga o`tish [Далее] tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi. Bundan tashqari oynaada quyidagi tugamalar ham mavjud:
[Помощник] – kerakli ma’lumot olish uchun xizmat qiladi;
1.20-rasm
[Отмена] – diagaramma tashkil qilishni bekor qiladi;
[Назад] – bir qadam ortga qaytadi;
[Далее] – navbatdagi qadamga o`tish;
[Готово] – diagramma ustasi ishini yakunlash.
Diagaramma ustasining umumiy qadamlar va joriy qadam soni uning sarlavhasida aks ettiriladi.
Ikkinchi qadamda (1.21-rasm), oynaning Диапазон данныхsahifasida Диапазон maydonida berilganlar diapazonini ko`rsatish kerak, bu avval bajarilmagan bo`lsa, shu bilan birga, berilganlarni joylashishini ham aniqlash lozim. Bu Ряды в: maydoning Строках –satrlarda yoki Столбцах – ustunlarda joylashtirishlarning biri tanlanadi.
1.21-rasm Ряд sahifasida esa berilganlar joylashgan satrlarning nomlari va qiymatlari aniqlanadi (Ряд ro`yxatining Список va Значение maydonlarida), shu bilan birga, Подписи оси X da X o`qining qiymatlarini aniqlash kerak. Uchinchi qadam (1.22-rasm) diagrammaning turli elementlarni kiritish va aniqlash imkonini beradi.