Statistik funksiyalar AVERAGE()- barcha argumentlar qiymatining o`rta arifmetigini hisoblaydi;
MAX() argumentlar ro`yxatidan eng kattasini topadi;
MIN()- argumentlar ro`yxatidan eng kichigini topadi;
SUM()- barcha argumenlar qiymatining yig`indiini hisoblaydi;
ДИСП()- barcha argumentlar uchun dispersiyasini hisoblaydi;
ДОВЕРИТ(a; b; n); a - ishonchlilik darajasi uchun tanlab olingan qiymat.
b- tanlab olingan tajriba natijasito`plami uchun o`rtacha farqlanish bo`lib, oldindan malum deb faraz qilinadi. n – tanlanmadagi elemenlar soni.
КВАДРОТК()- barcha argumenlar uchun kvadrat farqlanishni aniqlaydi.
Mantiqiy funksiyalar Ayrim amaliy maalalarni yechishda hisoblashlar u yoki bu shartlarga bog`liq bo`lishi mumkin. Bunday holda quyidagi shartli funksiyadan foydalaniladi:
IF(; 1-ifoda; 2- ifoda)
Ishlash printsipi quyidagicha: ning qiymati «chin» bo`lsa, <1-ifoda>, «yolg`on» bo`lsa, <2- ifoda> bajariladi.
1.9. Diagrammalar yasash Diagrammalar electron jadvalning ajralmas qismi bo`lib, uni grafiklar deb ham yuritiladi.
Diagramma – jadval ko`rinishida berilgan ma’lumotlarni grafik ko`rinishida tasvirlash usuli bo`lib, unda tasvirlangan ma’lumotlar tushunishga oson bo`libgina qolmay, balki ishni ham tezlashtiradi. Xususan, ko`p sonlar va bu sonlar orasidagi bog`liqlikni tasvirlashda disgrammaning roli juda muhimdir. Jarayonning strukturasi va undagi o`zgarishlarni diagramma yordamida aniqlash mumkin. Bu narsani faqat sonlarning o`zlariga qarab aniqlashjuda mushkul. Diagrammalar ishchi jadval vaqarlaridagi ma’lumotlar (sonlar) asosida yasaladi. Shuning uchun diagramma yasashdan oldin sonlarni hosil qilish lozim.
Odatda, diagramma yasash uchun kerak bo`ladigan sonlar bitta varaqda yoki alohida faylda joylashadi. Umuman, bu shart ermas. Bitta diagramma yasashda ixtiyoriy sondagi varaqlardagi ma’lumotlardan foydalanish mumkin, xuddi shuningdek, ixtiyoriy sondagi ish kitoblardan ham.