F9 tugmasini ikki marta bosib, ilovani ishga tushiramiz. Dastlab kiritish maydonchasiga 1 ni kiritib, Hisobla tugmasini bosamiz, keyin esa radiusi 3
ga teng shar hajmi va sfera yuzini hisoblaymiz.
3.Ilovalarda o‘zgaruvchilardan foydalanish. Oxirgi ikki satr juda murakkab ko‘rinishga ega bo‘lib, ularni kiritishda xato o‘tkazib yuborish hech gap emas. Sharning hajmi va sfera yuzasi ; formulalar bilan hisoblanishini inobatga olsak, yuqoridagi formulalar rostdan ham g‘aliz chiqqanligi yaqqol ko‘rinib qoladi. Bu kamchilikni bartaraf qilishning yo‘li bormi? Albatta bor. Buning uchun qo‘shimcha o‘zgaruvchilardan foydalanish kerak bo‘ladi. O‘zgaruvchilar dastur matniga qanday kiritilishini eslash uchun dastur kodi oynasi va undagi dastur matni bilan yaqindan tanishib chiqamiz.
3.10. Ilovada radio tugmalar guruhidan foydalanish 1. Radiotugmalardan foydalanishga misollar. Ko‘pincha bir necha variantdan faqat bittasini tanlashga to‘g‘ri keladi. Masalan, oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida har bir test savoliga to‘rttadan javob bo‘lib, ulardan faqat bittasi to‘g‘ri va faqat bitta javobni tanlash mumkin. Ma’lumotning Word da abzatsni formatlashning to‘rt xil: chapdan, o‘ngdan, o‘rtadan va ikki tomondan tekislash usullari bo‘lib, ulardan faqat bittasini abzasga qo‘llash mumkin. Ulardan birini tanlash boshqalarining bekor qilinishiga olib keladi. Bunday misollarni boshqa sohalardan ham keltirish mumkin.
2. RadioGroup boshqarish obyekti va uning xossalari. Bir necha variantdan birini tanlash Pascal da case operatori yordamida bajarilar edi. Delphi da buning bir necha xil usullari mavjud bo‘lib, ulardan birinchisi RadioGroup (radiotugmalar guruhi) deb ataladi. Bu boshqarish obyekti obyektlar panellarining standart jildida joylashgan bo‘lib, u o‘ngdan uchinchisidir:
Bu obyekt bilan tanishish uchun uni ilova oynasiga joylaymiz. Uning asosiy
xossalaridan biri shu paytgacha uchramagan Items (variantlar)dir. ObjectInspektorda bu xossani ikki marta bosib tanlaymiz. Bunda ekranda uning muloqot darchasi paydo bo‘ladi. Unga radiotugma uchun variantlarning nomlari ro‘yxatini kiritish mumkin. Unga to‘rtta variant nomini har birini yangi satrdan kiritamiz.
Kiritilgan variantlarni qabul qilsak, ular darhol ilova oynasida paydo bo‘ladi:
Quyidagi rasmda to‘rtta variantli radiotugmalar guruhining bittadan
beshtagacha ustunlarda joylashishi ko‘rsatilgan. Ulardan quyidagi xulosalar
kelib chiqadi:
1. Radiotugmalar guruhi uchun ajratilgan joy eni ustunlar orasida teng
taqsimlanadi.
2. Tugmalar sonini ustunlar soniga bo‘lib, har bir ustunda nechta tugma
bo‘lishi topiladi. Tugmalar soni kasr son bo‘lsa, katta butun songacha
butunlashtiriladi.
3. Har bir ustun tugmalar bilan to‘ldiriladi.