Excel ishini yakunlash Excel ishini yakunlash uchun quyidagi usullardan birini bajarish kerak.
Dastur oynasining o`ng yuqori burchagida joylashgan [Закрыть] tugmasini bosish;
Menyular satridan Файл bo`limining Выход buyrug`ini ishga tushirish.
Agar dastur ishini yakunlanishida biror ishchi kitobini tahrirlashda o`zgartirish xotiraga saqlanmay qolgan bo`lsa, u holda kompyuter avtomatik holda bu o`zgartirishni xotiraga saqlashni taklif qiluvchi so`rov oyasi hosil bo`ladi (1.2-rasm). Bu oynada quyidagi tugmalar joylashgan, ular tegishlisini tanlash kerak:
[Да] – o`zgartirishni xotiraga saqlash;
[Нет] – xotiraga saqlamasdan ishini yakunlash;
[Отмена] – dastur ishini yakunlashni bekor qilish.
1.2-rasm
Excel dastur oynasi Excel electron jadvali yuklangandan so`ng, uning dastur oynasi hosil bo`ladi. Dasturning tashqi ko`rinishi quyidagi rasmda tasvirlangan (1.3-rasm), uning ikkilamchi oynaasi yoyilgan holda bu oynaada joylashgan.
Ustun sarlavhasi
Siljitish maydonlari
Satr raqami
Aktiv katak
Barcha kataklarni belgilash tugmasi
Aktiv ishchi varaq
Varaq yorliqlarini siljitish tugmalari
1.3-rasm Sarlavha satri Sarlavha satrida dastur nomi, dastur piktogrammasi hamda tahrirlanayotgan hujjat nomi. Bundan tashqari Word dastur oynasining hajmini boshqarish tugmalari va [Закрыть] tugmasi joylashgan.
Menyu satri
Sarlavha satrining ostida menyu satri joylashgan. Unda bo`limlar joylashgan bo`lib, ularda o`zlariga xos buyruqlar va optsiyalar ro`yxati joylashgan. Shuni esda tutish keraki, dasturda bajariladigan har bir amal menyu satrida joylashgan ma’lum bir bo`limlarning u yoki bu buyruqlari yordamida bajariladi. Menyu satridan kerakli bo`limni tanlash uchun sichqoncha ko`rsatkichini o`sha bo`limga olib borilsa, bo`lim yozuvi tugma shaklini oladi, bu shu bo`lim tanlanilishini anglatadi.