Nomlar maydoni va formulalar satri Uskunalar panelidan keyin Nomlar maydoni va formulalar satri joylashgan. Nomlar maydonida joriy ish kitobidagi tanlangan yacheykaning nomi yoki manzili ko`rsatiladi, formulalar satrida esa shu yacheykalardagi ma’lumotlar namoish qilinadi. Yacheykalarda matn, son va formulalar bo`lishi mumkin. Agar ko`rsatkich bosilsa, ro`yxat ochiladi va unda barcha nomlangan yacheykalarning va joriy ishchi kitobning diapazoni (o`lchamlari) ro`yxati chiqadi. Excel da kiritilayotgan barcha ma’lumotlar yoki formulalar Formulalar satri da hosil bo`ladi.
Hujjat oynasi
Hujjat oynasi ham o`z sarlavha satriga ega bo`lib, unda hujjat nomi va unga mos oynani boshqarish tugmasi joylashgan bo`ladi. Bundan hujjat oynasi ish maydoni, Siljitish maydonlari, holatlar satru lardan tashkil topgan bo`ladi. Ish maydonida hujjat tayyorlanadi va tahrirlanadi.
Siljitish maydonlari
Siljitish maydonlari standart maydonlardan deyarli farq qilmaydi, lekin ularning o`ziga xos xususiyatlari mavjud. Gorizontal slijitish maydonidan chap bir necha tugmalar joylashgan shu bilan birga ishchi varaqlari yorliqlari joylashgan ishchi kitob ixtiyoriy sondagi ishchi varaqlardan tashkil topgan bo`lib, har bir varaq o`zining yorlig`iga ega. Bu yorliqlar bir varaqdan ikkinchisiga tez o`tish uchun xizmat qiladi. Yorliqda varaqning nomi ko`rsatilgan bo`ladi. Ishchi varaqlarini siljitish tugmachalari yordamida bir varaqdan ikkinchisiga tez o`tish ham mumkin. Buning uchun bu tugmalarning birida sichqonchaning o`ng tugmasini bosib, ro`yxatdan keraklisi tanlanadi. Gorizontal va vertical siljitish maydonlari yordamida mos holda hujjatning eni va bo`yi bo`yicha siljish mumkin.
1.6 - rasm
Holatlar satri
Dastur oynasining eng quyi qismida holatlar satri joylashgan bo`lib, unda har xil kerakli xabarlar hosil bo`ladi.